O‘zbekiston va IHT afg‘on inqirozini tinch yo‘l bilan hal etishni muhokama qildi

O‘zbekiston va IHT afg‘on inqirozini tinch yo‘l bilan hal etishni muhokama qildi

O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev Jidda shahrida Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Tarik Baxit bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Muloqot chog‘ida O‘zbekiston va IHTning afg‘on inqirozini tinch yo‘l bilan hal etish, mamlakatga tez fursatlarda insonparvarlik yordami ko‘rsatish borasidagi sa’y-harakatlari muhokama qilindi.

Afg‘onistondagi mavjud vaziyat, IHTga a’zo davlatlar mamlakat yangi hukumatiga nisbatan mujassamlashgan pozitsiyasini rivojlantirish, Afg‘onistondagi chuqur gumanitar inqirozni bartaraf etish yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

 Tarik Baxit O‘zbekistonning Afg‘onistonda «Termiz – Mozori Sharif – Kobul – Peshovar» temiryo‘li qurilishi loyihasini amalga oshirish borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholadi.
 
Uning fikricha, bu Afg‘oniston uchun chinakam strategik loyiha bo‘lib, mamlakatni mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik bo‘g‘iniga aylantirish, ya’ni amalda Markaziy va Janubiy Osiyoni ushbu muhim transport yo‘lagi orqali bog‘lash imkonini beradi.

Afg‘oniston yangi hukumati tomonidan xalqaro hamjamiyat talablari, ayollar va milliy ozchiliklar huquqlariga rioya qilish masalasida bajarilishi muhimligi qayd etildi.

Kun.uz

Powered by GSpeech