Pekin metrosida kaft asosida yoʻl haqi toʻlash loyihasi ishga tushirildi

Pekin metrosida kaft asosida yoʻl haqi toʻlash loyihasi ishga tushirildi

Pekin metrosida yoʻlovchilar yoʻl yurish kartasidan foydalanishi yoki QR kodini skanerlashlari shart emas. Endi ular kaftini skanerlash orqali toʻlovni amalga oshirishi mumkin, deya xabar beradi Sinxua agentligiga tayanib.

Pekin shahar transport boshqarmasi xabar berishicha, Dasin xalqaro aeroportigacha boradigan tezyurar poyezdda yangi texnologiyadan foydalanish boʻyicha tajriba dasturi ishga tushirilgan.

Vokzaldagi chipta mashinasi orqali biometrik maʼlumotlarni kiritib, Xitoyning mashhur WeChat messenjerida avtorizatsiyadan oʻtgandan soʻng, yoʻlovchi bekatdagi turniketlardan oʻtish uchun kaftini koʻrsatishi kifoya. Chiqish paytida toʻlovdan avtomatik ravishda yechib olinadi.

Turniket kaft va tomir naqshini taniydi. Yangi texnologiya yoʻlovchilarga naqd puli boʻlmagan va smartfonlari quvvati tugasa ham metrodan foydalanish imkonini beradi.

“Yangi Oʻzbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati

Powered by GSpeech