Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan "Markaziy Osiyo va Xitoy xalqlari madaniyati va san’ati yili"ga start berildi

Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan "Markaziy Osiyo va Xitoy xalqlari madaniyati va san’ati yili"ga start berildi

Xitoyning Sian shahrida “Markaziy Osiyo – Xitoy” birinchi sammitida ishtirok etayotgan davlatlar rahbarlarini rasman kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Saroy oldidagi maydonda Xitoy tarixi va madaniyatini aks ettirgan sahnalashtirilgan chiqishlar va konsert dasturi namoyish etildi. Shu bilan “Markaziy Osiyo va Xitoy xalqlari madaniyati va san’ati yili”ga start berildi.

2022 yilda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo va Xitoy davlat rahbarlarining videoanjuman shaklidagi uchrashuvida 2023 yilni “Markaziy Osiyo va Xitoy xalqlari madaniyati va san’ati yili” deb e’lon qilishni taklif etgan.

 

Markaziy Osiyo davlatlari va Xitoyda bu yil asosiy e’tibor akademik va talabalar almashinuvi dasturlariga, yoshlar forumlari va sport musobaqalarini o‘tkazishga qaratiladi.

Powered by GSpeech