AQSh prezidenti Jo Bayden Shavkat Mirziyoevni Nyu-Yorkka taklif qilgan

Forbes jurnali AQSh Prezidenti Jo Baydenning O‘zbekiston rahbariga yo‘llagan maktubini e’lon qildi.  

Maktubda Jo Bayden AQSh va O‘zbekiston o‘rtasidagi strategik sheriklik mustahkamlanayotgani uchun Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildiradi, shuningdek, oxirgi yilda mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilganini qayd etadi.

"Qo‘shma Shtatlar siyosiy va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga qaratilgan sa’y-harakatlaringizni qo‘llab-quvvatlaydi", – deyiladi xatda.

Shuningdek, maktubda Saida Mirziyoyevaning joriy yil boshida Oq uyga tashrifi ham tilga olingan hamda oilaviy (maishiy) zo'ravonlik uchun alohida jinoiy javobgarlik belgilangani, gender tengligi yo'lida qilinayotgan ishlar e'tirof etilgan.

AQSh yetakchisi maktub so‘ngida Shavkat Mirziyoyevni joriy yil sentyabr oyida bo‘lib o‘tadigan BMT Bosh Assambleyasi yig‘ilishi va C5+1 uchrashuvida ishtirok etishga taklif etgan.

“Yangi Oʻzbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati

Powered by GSpeech