BMT: Dunyo bo‘ylab chorak milliard odam ochlikdan aziyat chekmoqda

O‘tgan yili dunyoda ochlikdan aziyat chekayotganlar soni chorak milliard kishiga yetdi. Bu haqida BMTning Ochlikning oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha koordinatori Rina Gelani ma’lum qilgan.

«BMT yangiliklari» portali ma’lumotiga ko‘ra,  hozirgi kunda  yana 35 million kishi ochlik yoqasida.  

BMT Xavfsizlik Kengashi yig‘ilishida so‘zlagan nutqida  mojarolarga asoslangan ochlik, iqlim o‘zgarishi va iqtisodiy zarbalarning «toksik birikmasi»  bilan kuchayib  borayotganini ta’kidladi. Iqlim o‘zgarishi tinchlik va xavfsizlikka mavjud tahdidlarni kuchaytirmoqda. Iqlim o‘zgarishiga eng zaif bo‘lgan o‘nta mamlakatdan yettitasi allaqachon mojarolardan aziyat chekayapti. Ulardan oltitasi BMTning tinchlikparvar yoki maxsus siyosiy missiyasiga ega. To‘rttasida milliondan ortiq odam ochlik yoqasida.  

BMT koordinatori, mavjud erta ogohlantirish mexanizmlaridan samaraliroq foydalanishni ta’minlash hamda mojarolarning aholining eng zaif qatlamlariga ta’sirini yumshatish yo‘llarini izlashga «dadil va ijodiy» yondashish zarur, deb hisoblaydi. Bundan tashqari, aholini himoya qilishda  ayollar va qizlar  sa’y-harakatlar  markazida  bo‘lishi kerak. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, mahalliy ayollarni tinchlik o‘rnatish jarayoniga jalb qilish zo‘ravonlikka barham berish ehtimolini 24 foizga oshiradi. Rina Gelani, shunindek, millionlab odamlarning hayoti bog‘liq bo‘lgan gumanitar loyihalarni yetarli darajada moliyalashtirishni yo‘lga qo‘yish zarurligini ham bildirgan.  

 

O‘zA

Powered by GSpeech