JSST rahbari "Zamin" fondi faoliyatiga yuksak baho berdi

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi xonimi, "Zamin" fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva Nyu-York shahridagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi doirasida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Bosh direktori doktor Tedros Adxan Gebreyesus bilan uchrashuv o‘tkazdi.

 

Ziroat Mirziyoyeva JSST rahbariga tashkilotning dunyoda tibbiyot va sog‘liqni saqlashni rivojlantirishga qo‘shayotgan ulkan hissasi, O‘zbekiston bolalari saratonga qarshi dori vositalaridan bahramand bo’lishini ta’minlash bo‘yicha global platformani qo‘llab-quvvatlagani va kengaytirgani uchun minnatdorlik bildirdi.

Tomonlar hamkorlikni yanada faollashtirishga, xususan, bolalar saratonini erta aniqlash, diagnostika va davolashning zamonaviy usullarini joriy etish, onkologiya va gematologiya sohasida mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash, shuningdek, bolalar va ularning oilalariga reabilitatsiya va ruhiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytirishga tayyor ekanliklarini ta‘kidladilar.

JSST rahbari O‘zbekistonning sog‘liqni saqlash sohasidagi ishlariga hamda muhim ijtimoiy va ekologik loyihalarni amalga oshirayotgan "Zamin" fondi faoliyatiga yuksak baho berdi.

 

“Yangi Oʻzbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati»

Powered by GSpeech