Kanada o‘zbekistonliklar uchun 5 mingta ish o‘rni taklif qildi

O‘zbekiston Bandlik vazirligi 5 ming nafar o‘zbekistonlik Kanadaga ishga yuborilishi haqida e’lon qildi. Avvaliga 18 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lgan, ingliz, fransuz yoki ispan tilini biladigan qurilish sohasi vakillari ishga jalb etiladi. Ish haqi – soatiga 12,5 dollardan 30 dollargacha.

Kanada ish beruvchilari bilan erishilgan kelishuvga ko‘ra, o‘zbekistonliklar qurilish, xizmat ko‘rsatish va texnik sohalarga ishga taklif etilmoqda. Bu haqda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ish o‘rinlari soni 5 mingta bo‘lib, dastlabki qabul qurilish sohasidagi quyidagi ishlar uchun bo‘ladi:

 
  • duradgor;
  • payvandchi;
  • elektrik;
  • santexnik;
  • betonchi;
  • oynachi;
  • tom yopuvchi;
  • pol qoplamalarini yotqizish bo‘yicha yordamchi;
  • o‘rmon xo‘jaligi va boshqalar.

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar va zarur hujjatlar:

  • 18 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lish;
  • ingliz tili, fransuz tili yoki ispan tillaridan birini bilish;
  • qurilish kasb-ta’limi mutaxassisligi bo‘yicha guvohnoma, sertifikat, diplom;
  • xorijga chiqish pasporti nusxasi.

Ish haqi soatiga 12,5 AQSh dollaridan 30 AQSh dollarigacha to‘lanadi.

Nomzodlar havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Har bir nomzod ma’lumotlari ish beruvchi tashkilot vakillari tomonidan ko‘rib chiqiladi va xorijiy tilda suhbatdan o‘tkaziladi.

Batafsil ma’lumotlarni +998712023355, +998712000061 yoki 1282 qisqa raqami orqali olish mumkin, deyiladi vazirlik xabarida.

Kun.uz

Powered by GSpeech