Inson huquqlari bo‘yicha ta’limda oliy ta’lim muassasalari birdamligining o‘rni

2022 yil 19 aprel kuni Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazida Milliy markaz huzuridagi Ilmiy-muvofiqlashtiruvchi kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda inson huquqlari sohasidagi ta’limni rivojlantirish bo‘yicha xalqaro tajriba muhokama qilindi.

Gibrid formatda o‘tkazilgan tadbir Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi va Rossiyaning Qozon federal universiteti hamkorligida tashkil etildi.

Uchrashuvda inson huquqlari sohasidagi ta’limning xalqaro huquqiy asoslari ko‘rib chiqildi. Ushbu yo‘nalishda ilmiy tadqiqotlarni rag‘batlantirish tajribasini o‘rganishga alohida e’tibor qaratildi.

Inson huquqlari sohasidagi ta’lim va xalqaro inson huquqlari normalari va tamoyillari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni keng yoyish masalasi bilan BMT deyarli tashkil topgan paytidan buyon doimiy ravishda shug‘ullanib kelmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov o‘z nutqida atroflicha to‘xtaldi.

Ta’kidlanganidek, inson huquqlari va asosiy erkinliklariga to‘liq rioya qilish uchun ma’rifat va ta’limning muhimligi haqidagi qoida 1948 yilgi Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida allaqachon mustahkamlab qo‘yilgan.

O‘zbekistonda inson huquqlari bo‘yicha qo‘shma magistratura yo‘nalishini ochish maqsadida tashkil etilgan mamlakatimiz yuridik ta’lim muassasalari konsorsiumining rasmiy ish boshlagani bu borada muhim voqea bo‘ldi. Konsorsium tarkibiga mamlakatimiz Bosh prokuraturasi Akademiyasi, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, Toshkent davlat yuridik universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti kirgan.

Uchrashuvda Qozon federal universiteti vakillari, xususan, Xalqaro aloqalar bo‘yicha fakultet dekani o‘rinbosari, yuridik fanlar doktori Rustem Davletgildeev, Xalqaro va Yevropa huquqi kafedrasi rahbari, yuridik fanlar doktori, professor Adel Abdullin, Huquq fakulteti dekani, yuridik fanlar doktori, professor Liliya Bakulina Rossiya universitetlari konsorsiumining inson huquqlari bo‘yicha ta’lim sohasidagi tajribasi bilan o‘rtoqlashdilar.

Konsorsium 10 ta universitetni o‘z ichiga olgan. Anjumanda  ushbu tuzilmaning “Inson huquqlarini xalqaro himoya qilish” magistratura dasturini amalga oshirish bo‘yicha tajribasi taqdim etildi.

Ilmiy-muvofiqlashtiruvchi kengash yig‘ilishida inson huquqlari bo‘yicha ta’lim sohasida ilmiy va ta’lim muassasalarining inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlari va davlat tizimi amaliyotchilari bilan hamkorligi va o‘zaro sherikligi darajasini oshirish zarurligi qayd etildi.

Shuningdek, inson huquqlari sohasida ta’lim olishda yangi axborot texnologiyalaridan foydalanish maqsadga muvofiqligi ta’kidlandi.

 

Inson huquqlari bo‘yicha

O‘zbekiston Respublikasi

Milliy markazi

matbuot xizmati

UzDaily.uz

“Yangi Oʻzbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati»

xs.uz

Darakchi.uz

Powered by GSpeech