Mashinalarni ko‘chada yuvish mumkin emas: Kanadada qurg‘oqchilik xavfi sabab suvdan foydalanish cheklandi

Kanadada quruq ob-havo kuzatilmoqda. Mamlakat gidrometeorologiya markazi qishning iliq va quruq kelishini prognoz qildi. Shunga asosan Alberta provinsiyasidagi yirik shahar — Kalgari hokimiyati qurg‘oqchilik darajasini ko‘rsatuvchi strelkani ko‘tardi va suvdan foydalanishga majburiy cheklovlar kiritdi.

Endi Kalgari aholisi va korxonalar faqat muayyan vaqtlarda suv sepkichlar, shlanglar yoki yerosti suv tizimlaridan foydalana oladi. Xususan, hovlilardagi chimga haftasiga bir marta, maksimum ikki soat davomida suv quyish mumkin.

Shahar hokimiyati quyidagi maqsadlarda suvdan foydalanishni qat’iy taqiqladi:

  • uylarni tashqaridan yuvish;
  • deraza oynalarini tashqaridan yuvish;
  • mashinalarni ko‘chada yuvish;
  • yo‘laklar va asfaltni yuvish;
  • favvoralarni to‘ldirish.

Hokimiyat ham shahardagi parklar va chimlarga suv quyishni to‘xtatadi, favvoralarni o‘chirib qo‘yadi.

Belgilangan qoidalarga amal qilmaslik 400 Kanada (300 AQSH) dollari miqdoridagi jarimaga sabab bo‘lishi mumkin.

Daryo.uz

Powered by GSpeech