Mehnat migrantlariga yordam koʻrsatuvchi Call-markaz tashkil etiladi

Chet eldan chiquvchi abonentlar uchun Call-markaz raqamiga qoʻngʻiroqlarni bepul asosda amalga oshirish imkoni yaratiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mehnat migratsiyasi jarayonlarini takomillashtirish hamda xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoniga koʻra, 2024-yil 1-iyundan hujjatlarni onlayn talab qilib olish boʻyicha konsullik yigʻimlari miqdori fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etganlik haqida takroriy guvohnomalar berganlik uchun davlat boji miqdoriga tenglashtiriladi.

2024-yil 1-sentyabrgacha:

  • mehnat migrantlariga yordam koʻrsatish uchun tunu kun ishlaydigan Call-markaz faoliyati tashkil etiladi;
  • chet eldan chiquvchi abonentlar uchun Call-markaz raqamiga qoʻngʻiroqlarni bepul asosda amalga oshirish imkoni yaratiladi.

2025-yil 1-iyulgacha quyidagilar yaratiladi:

  • Oʻzbekistondan tashqariga chiquvchi va davlat hududiga kirib keluvchi shaxslarning aniq hisobini yuritish imkonini beruvchi yagona idoralararo va toʻliq integratsiya qilingan elektron maʼlumotlar bazasi;
  • mehnat migrantlari uchun boʻlib turgan mamlakatlari va u yerdagi boʻsh ish oʻrinlari toʻgʻrisida maʼlumotlarni joylashtirish, vatandoshlar bilan onlayn muloqot qilish va pul oʻtkazmalarini amalga oshirish, qiyin hayotiy vaziyatga tushib qolgan fuqarolarga yordam koʻrsatuvchi tashkilotlar bilan bogʻlanish imkonini beruvchi mobil ilova.

2024-yil 1-iyuldan xususiy bandlik agentliklariga xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida boʻlgan shaxslarga Oʻzbekiston tashqarisida ishga joylashtirish boʻyicha xizmatlar koʻrsatganlik uchun haq undirishga ruxsat etiladi.

“Yangi Oʻzbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati

Powered by GSpeech