Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

Migrantlar haqidagi jurnalistik surishtiruv Yevropa mukofotini oldi

Albaniyada tashkil etilgan migrantlarni saqlash markazlarida inson huquqlari buzilgani haqidagi jurnalistik surishtiruv Yevropa parlamentining «Dafne Karuana Galitsiya» mukofotiga sazovor bo‘ldi.

“De Correspondent” nashri 2026-yil yanvarda e’lon qilgan materialda migrantlarni ushbu markazlarga joylashtirish tartibi va Yevropa qonunlariga muvofiqligi shubha ostiga olingan.

Jurnalistlar Mayte Vermyolen va Jakomo Zandino o‘lkaning Shengin va Gyadyor shaharlaridagi markazlar faoliyatini o‘rganib, migrantlarni saqlash va ko‘chirish jarayonida asosiy huquqlar buzilgani haqida ma’lumot to‘plagan.

Surishtiruvda keltirilishicha, markazlarning dastlabki ikki yillik faoliyatiga taxminan 259 million yevro sarflangan, bu davrda esa 256 kishi ushlab turilgan. Mualliflar loyihani migrantlarni qaytarishni tezlashtirishdan ko‘ra ko‘proq piar tadbiri sifatida baholagan.

Materialda Italiya rasmiylari kelishuv tafsilotlarini jamoatchilikdan yashirgani ham tanqid qilingan: jurnalistlarga markazlarga kirishga ruxsat berilmagan, axborot so‘rovlarining ko‘pchiligi javobsiz qolgan, shartnomalar esa e’lon qilinmagan.

Surishtiruv mualliflari fikricha, Italiya tajribasi Yevropa Ittifoqidan tashqarida migrantlarni qaytarish markazlarini tashkil etishga intilayotgan boshqa davlatlar uchun namunaga aylanmoqda.

Musulmon Ziyo, O‘zA

Nashr sanasi 22.10.2026 Ko'rishlar 98
Ulashish