MILLAT SHAVKATI

I

Samarqandning o‘tmishi – nihoyatda qadimiy. Ammo bu kentni o‘z saltanatiga markaz qilgan, uning ulug‘vor va sharafli tarixida o‘chmas iz qoldirgan, shaharning salobatiga salobat qo‘shgan hukmdorlar ko‘p emas. Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Yalangto‘sh Bahodir... Bu nomlar bizgacha bo‘lgan ming yillikni tamsil etadi, xolos. Holbuki, shaharning tavalludi undan bir necha o‘n asrlar nariga borib taqaladi.

Bundan taqriban uch ming yillar oldin ham bu yerda madaniyat va san’at, ilmu ma’rifat gullab yashnagan, o‘z chiroyi va latofati bilan insoniyat tafakkuriga nur berib turgan. Xususan, miloddan avvalgi IV asrda Samarqandni egallagan Iskandar Maqdunli (Aleksandr Makedonskiy)ning «...U men eshitganimdan ham go‘zalroq ekan» degan iqrori tarixiy manbalardan yaxshi ma’lum. O‘z davrida dunyoning madaniy-iqtisodiy, harbiy-siyosiy tayanchlaridan biri bo‘lgan Samarqand nafaqat «yer yuzining sayqali», balki zamonlar osha dunyo tartibini belgilovchi qudrat (derjava) poytaxti ham bo‘lgan.

Biroq bu muazzam kentning hayoti doim ham ravon kechmagan. Sohibqiron Amir Temur, so‘ng uning nabirasi Mirzo Ulug‘bek davri, yana ikki asr o‘tib, XVII asrning birinchi yarmida (o‘sha vaqtda Samarqand Ashtarxoniylar sulolasi hukmron bo‘lgan Buxoro xonligi tasarrufida bo‘lgan) hokim Yalangto‘sh Bahodir zamonlarida gullab-yashnagani moziydan ma’lum. Ammo muarrixlar undan keyingi pallalar haqida ko‘p so‘zlamaydilar. Buning sababi oddiy: chunki undan so‘ng shaharning o‘tmishida tanazzul davri kechgan... Ko‘p uzoqqa borish shart emas. XIX-XX asrlardagi avval Chor Rossiyasi, keyin bolsheviklar bosqinida u katta talafotlar ko‘rganini barchamiz yaxshi bilamiz. «Tenglar ichra teng» bo‘lgan yoki istiqlol tongi otgan ilk yillar ham ko‘hna kent tarixida ta’sirchan ahamiyat kasb etmadi.

Sovet hokimiyatining Samarqanddan ko‘zlagan maqsadi ancha ustakorlik bilan o‘ylab topilgandi: mustabid ideologiya shahar xarobalari va o‘tmishini ko‘z-ko‘z qilish orqali dahriy va repressiv iмпyeriя­­ni islom va sharq madaniyati homiysi sifatida taqdim etish, undan umumtarix va qadriyatlar vitrinasi – multikulturalizm, ya’ni sovetcha tenglik hamda bag‘rikenglikni ko‘rsatish uchun foydalanardi. Mustaqillikdan keyin bu qadimiy kentga bo‘lgan e’tibor boshqa tomonga og‘di. Endi unga ko‘proq o‘zlikni topish, ruhiyatdagi posttotalitar holatni deformatsiyalash uchun qo‘llaniladigan vosita o‘laroq yondashila boshlandi. To‘g‘ri, ayni yangilanish­larni shunchaki formal o‘zgarishlar edi, deyish adolatdan bo‘lmaydi. Chunki obidalar, qadamjolar, me’moriy yodgorlik­larni tiklash va obod qilish borasida katta ishlar amalga oshirildi. Ammo bu harakatlar shaharning qadimiy shuhratini tiklash va eng muhimi, uning asriy ruhiя­тini qayta uyg‘otishdek qudratni namoyon eta olmadi.

Nega? Chunki istak va harakat qanchalik samimiy va ko‘lamli bo‘lmasin, ularda shaharning tarixiy xotirasi va моҳiя­тini to‘liq tiklash uchun zarur bo‘lgan ichki mazmun va uyg‘unlik yetishmadi. Jo‘ngina aytganda, shonli o‘tmishi, ma’naviy identligi unga «tarix ikonasi» sifatida qarashdek uzoq yillar ongimizda shakllangan glamur tasavvurlar soyasida qoldi.

Aslida Samarqandni tushunish, jug‘rofiy ahamiyatini aniqlab olish o‘ta muhim edi. Nega desangiz, bu ko‘hna zamin faqat moziy osori-atiqalariga emas, balki uning bag‘rida ming yillardan buyon yashab kelayotgan xalq uchun ham vatan sanalardi. Buni to‘g‘ri anglash uchun bizga xiyla uzoq vaqt kerak bo‘ldi.

Ayni masalada fikr yuritishni bir nafas kechiktirib, diqqatimizni bugungi kunlarga qaytarsak. 

O‘tayotgan o‘n yillik Samarqand ҳаё­тida yangi davrni boshlab berdi. Men bugungi maqolada ayni o‘zgarishlarni mufassal sharhlash fikridan yiroqman. Zotan, shaharning hozirgi qiyofasi, u yerda olib borilgan bunyodkorliklar haqida hammamiz yaxshi bilamiz. 

Bir paytlar Sohibqironning qudratli saltanatiga boshkent bo‘lgan, olamni o‘ziga mahliyo aylagan, xorijiy sayyohlar va siё­сатчilar qadami uzilmagan shahar bugun asl shavkatini tiklayotganini barchamiz sezib turibmiz. Hech mubolag‘asiz aytish mumkinki, uzoq tanaffusdan so‘ng u yana dunyo siyosatchilari, iqtisodchilari yig‘ilib maslahatlashadigan xalqaro diplomatiya sahnasiga aylandi. Kelayotgan xorijlik mehmonlar, hatto, sayyohlar og‘zidan ham bir ­e’tirofni ko‘p eshitish mumkin bugun: «Samarqandga ertaklardagi, tarix kitoblaridagi jozibasi qaytibdi!».

Endi ayting, odamlardagi taassurotni yangilash, zamonlar yuki monolitday quyib qo‘ygan stereotiplarni parchalash o‘z-o‘zidan bo‘ladi, deb o‘ylaysizmi?! Iddaomiz bekorga emas. Zotan, shaharning ko‘rku tarovati faqat besh-o‘nta me’moriy yodgorlik bilan o‘lchanmaydi. Qolaversa, «o‘tmish ruhi» tasavvuri chechan gidlarning maroqli hikoyalari orqali to‘liq shakllanadi, deb qarash ham unchalik to‘g‘ri emas.

Qadim tarovatni uyg‘otish faqat bir amal – ko‘hna devorlar, tuproqlar qa’rida ko‘milib yotgan madaniy ohanglargagina tan. Ularni harakatga keltirish uchun esa tarixiy-ruhiy hayot qatlamini qayta ko‘rib chiqish talab etilardi. Ya’ni nafaqat shahar, balki butun yon-atrofdagi madaniy hayotni tubdan o‘zgartirish, ilmiy tilda aytganda, jamiyat hayotini desovetizatsiya – mustamlakachilikning barcha meroslaridan tozalashni nazarda tutardi. O‘z-o‘zidan ravshanki, bu katta masshtabdagi yumush edi. Shu ma’noda aytadigan bo‘lsak, Samarqandning qayta «oyoqqa turishi» oson kechdi, degan odam adashadi. 

2001-2003-yillarda shu yo‘ldagi mashaqqatli mehnatni men o‘z ko‘zim bilan ko‘rganman. Aynan o‘sha yillari Shavkat Miromonovich Jizzaxdan bu yerga ishga o‘tgan va ayni mas’uliyatning og‘ir yuki u kishining yelkasiga tushgandi. Bugun ba’zi davralarda ham hayrat, ham taajjub bilan «Yangi hokim ish boshlagan kezlarda idora hududidan falon mashina chiqindi olib chiqqan ekan», degan gaplar ham ayni davr­larga tegishli. Eshitgan quloqqa garchi лоф­­ga o‘xshab tuyulsa-da, haqiqatan ham, shunday bo‘lgan. Bo‘lganda ham, u kishi masalaga kechiktirib bo‘lmas, eng muhim yumushdek yondashgani hozirgidek yodimda. O‘shanda mening ham «Shuncha ish turib, фао­лiятni nega bundan boshladi?», deya ажаб­laнgan vaqtim ham bo‘lgan. Ammo keyin анг­ladiмкi, bu hodisa nafaqat obodonchilik harakati, balki uzoq yillar esdan chiqqan, tuzumlar va siyosatlar nazaridan chetda qolgan, ba’zan esa takabburlik bilan ko‘zga ilmay qaralgan ruhiy yangilanish sari solingan bir yo‘l ekan.

Ayni mulohazalarni qat’iy aytishimning boisi bor, albatta. Chunki Shavkat Miromonovich Toshkent va Jizzaxda bo‘lgani kabi bu yerda ham ishni ozodalik va sarishtalikdan boshlagan edi. Esimda, butun viloyat bo‘ylab boshlangan obodonlashtirish ishlari nafaqat hududlarni, balki odamlar ko‘nglini ham yoritib yuborgandi o‘sha kezlarda. 

Mavzu konteksidan kelib chiqib masalaga falsafiyroq yondashadigan bo‘lsak, ayni o‘rinda ko‘zdan panada qolayotgan majoziy ma’noni ilg‘ashimiz mumkin: Shavkat ­Mirziyoyev ushbu ishga jazm qilar ekan, haqli ma’noda afsonayu rivoyatlar, zafar va g‘alabalar shavqi, shonu shavkati cho‘kib yotgan qadimiy va buyuk shahar bag‘rini ham qora o‘tmish g‘uborlaridan poklayotgandek edi. Ha, Samarqandning ma’naviy qiyofasi, ruhiя­тidagi yuksalish aynan shunday boshlangandi, desam hech ham adashmagan bo‘laman. Zotan, har qanday buyuk ishlar, ulug‘vorlik пок­lik poydevori ustiga quriladi. 

Ba’zi davlatlarga safar qilgan odamlarning «aeroportdanoq yomon hiddan nafasim bo‘g‘ilib qoldi, ko‘chalardagi axlat uyumlarini ko‘rib, ko‘nglim aynidi, kayfiyatim buzildi», deganga o‘xshash hikoyalarini ko‘p bor eshitgan bo‘lishingiz mumkin. Ha, aslida bepisand qaraydiganimiz ozodalik shunchaki «ro‘zg‘orbop» tushuncha emas, u ruhiyat ko‘zgusi, ichki madaniyat ifodasidir. 

Aslini olganda, Shavkat ­Mirziyoyev siё­siй yo‘nalishida men ayni ustuvorlikni bundan ancha ilgari, uni tanigan yillarimdayoq sezganman. O‘tgan asrning 80-yillari oxirlari, 90-yillari boshida mamlakat siyosiy maydonida paydo bo‘lgan yosh yigit harakatchanligi, chechanligi bilan tezda ko‘pchilikning e’tiboriga tushgandi. 

O‘rni kelganda bir mushohadam bilan o‘rtoqlashib o‘tishim zarur, deb o‘ylayman. O‘qiganlarim va hayot tajribamga tayanib aniq ayta olamanki, bu dunyoda tasodiflar yo‘q. Fikrimni yanada ochiqroq bildiradigan bo‘lsam, buyuk shaxsiyatlar o‘zlari haqida birinchi qadamlaridanoq ishora berishadi...

Xalqimizda «Yaratganning nazari tushmasa...» degan mag‘zi to‘q hikmat bor. Asrlar davomida o‘z mohiyatini yo‘qotmagan, ota-bobolarimizning falsafadagi determinizm tushunchasiga uyqash ushbu «xulosa»si, haqiqatan ham, biz odatda tasodif yoki omad, deya ta’riflaydigan voqealar zamirida inson anglab yetmaydigan qonuniyatlar borligini esga solib turadi.

Bo‘lmasa ayting, Jizzaxning olis bir qishlog‘ida o‘sgan yoshgina yigit Oliy sovetga deputat, poytaxtning markaziy rayon­laridan biriga hokim bo‘ladi, deb kim o‘ylagan o‘sha damlar? Holbuki, sovet va undan keyingi dastlabki davrlarda ham «shaharga faqat shaharliklar» deganga o‘xshash mutlaqo asossiz, yozilmagan qoida hukmron edi.

Mayli, rasamadi bilan quyiroqda hali bunga vaqt ajratamiz. Aslida bosh mavzumiz Samarqand, Shavkat Mirziyoyevning ayni viloyatdagi faoliyati to‘g‘risida edi. Biroq gapning o‘zani sal nariroqqa, u kishi ijtimoiy-siyosiy hayotga kirib kelgan ilk damlarga burilib ketdi. Ehtimol, bunda ham bir hikmat bordir. Zero, mohiyatni anglash uchun, avvalo, uning zamiriga nazar tashlash lozim, deyishadi-ku ulug‘larimiz. 

II

Favqulodda qobiliyatli odamlarga yashash va ishlash hamma zamonlarda ham oson kechmagan. Masalan, g‘ayrat-shijoati, dunyoqarashi va g‘oyalari jamiyatdagi an’anaviy tushunchalardan farq qiladigan, olmon faylasufi Immanuil Kant ta’biri bilan aytganda, odatdagidan ilg‘orroq «aql» atrofni ilhomlantirish bilan birga, tevarakdagilarda yetarlicha xavotir ham uyg‘otishi mutlaqo bor gap. Bunga tarixiy-siyosiy adabiyotlardan ko‘p misollar keltirish mumkin. Biroq, omadim shundaki, ayni hodisani men kitob yoki arxiv hujjatlarida emas, o‘z hayotimda ko‘rganman.

U kishini hali institutda ishlayotgan kezlaridanoq bilardim. Chunki «gorkom»dagi ish faoliyatim avvaliga aynan fan va o‘quv muassasalari, keyin ham shunga yaqin – mafkuraviy yo‘nalish bilan bog‘liq edi. Ochiq aytaman, o‘sha kezlar harakatchan, ko‘zidan o‘t chaqnab turadigan, o‘ta тarбiя­­лi va yoshiga nisbatan xiyla mulohazali bu yigitga ortiqcha e’tibor bermaganman. Nazdimda, u oddiy bir oliy o‘quv yurtining ilmiy xodimi, nari borsa, navqiron pedagog-ziyoli edi. Uning men, qolaversa, shahar jamoatchiligi va yuqori elitaning tasavvurlarini to‘zg‘itib yuborgan, umumsiyosat sahnasida Shavkat ­Miromonovich, degan har tomonlama hurmat-­e’tiborga sazovor ism-sharif bilan hisoblashishga majbur qilgan davri 90-yillar boshiga to‘g‘ri keladi.

O‘shanda Mixail Gorbachyovning hammayoqni ostin-ustun qilgan «qayta qurish va oshkoralik» zamonlarining so‘nggi yillari, olatasir, birov birovni eshitmaydigan, hamma gapiradigan davrlar edi. Aynan o‘sha yili Respublika oliy soveti deputatligiga saylovlar bo‘lib o‘tadi. Endigina 33 yoshga kirgan, poytaxt hayoti, hokimiyatning shafqatsiz «o‘yinlari»ni hali ich-ichidan bilmagan yoshgina yigit o‘z nomzodini xalq vakilligiga qo‘yadi.

Shundaygina ko‘z yugurtirib o‘qiganda silliq o‘tib ketadigan bu gap­lar juda murakkab vaziyatni ifoda etadi, aslida. Chunki nomzodlar ancha nomdor, tajribali, bundan-da muhimrog‘i, hukmron siё­siй a’yonlarga yaqinroq (ochiq aytganda, u kishidan bo‘lak bari «tanlangan»lar) edi. Keling, da’vomiz asossiz bo‘lmasligi uchun o‘sha yili Shavkat Miromonovich bilan «siyosiy marafon»ga kirgan faollar nomini sanaymiz. 

Shu o‘rinda eslatib o‘tay, asosiy saylovga kirguncha talabgorlar sakkiz kishi bo‘lgan. Chig‘iriqdan esa uch kishi o‘tgan. Bular – o‘sha yillardagi Toshkent militsiya oliy maktabi(hozirgi IIV akademiyasi) rahbari Nikolay Ivanovich Ojiganov, O‘rta Osiyo irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot iнс­тiтuтi (ma’lumot uchun aytay, o‘sha vaqtlarda bu dargoh nafaqat mintaqada, balki butun ittifoqda ilmiy-amaliy salmoqqa ega edi) direktori Viktor Abramovich Duxovniy...

Tabiiyki, bular orasiga mahalliy miqyosdagi institut o‘qituvchisi, buning ustiga «yuqori» hali yetarlicha bilmagan yosh yigitning qo‘shilib qolishi ko‘pchilikni ажаб­laнтiрdi. Ba’zilar buni shunchaki rasmiyatchilik uchun qo‘yilgan qadam, deb o‘ylagan bo‘lsa, birovlar kibrini ochiqcha ko‘rsatib, mug‘ombirona jilmaydi: «Kecha qishloqdan kelgan bolaga bunday jiddiy tadbirda nima bor ekan?». 

E’tirof etish kerak, ularning iddaosida jon bordek edi. Nega desangiz, nomzodlari qo‘yilganlar orasidagi Ojiganov huquq-tartibot, qolaversa, respublika ijtimoiy-siyosiy hayotida ancha e’tiborga ega odam edi. Duxovniy esa, boya qavs ichida alohida atay izoh berganimdek, nafaqat O‘zbekiston, balki ittifoq miqyosida katta қuд­ратga doxil a’yon o‘laroq mutlaq g‘oliblikka haqlidek tasavvur uyg‘otardi. Chunki uning qo‘lida muhim dastak – irrigatsiya va suv masalalari jamlangandi.

Yaxshi bilasiz, o‘sha davrlar butunlay agrar tarmoqqa «o‘tirg‘izilgan», «kindigi bir» mintaqa respublikalari uchun bu soha hayot masalasi edi, go‘yo. Shuning uchun Duxovniy egallagan martaba ta’siri nafaqat Lenin (bugungi мuс­taқillik) maydoni biqinidagi SK (Sentralnыy Komitet – Markaziy Qo‘mita) binosining serhasham ҳuж­раlarida, balki bizga qo‘shni bo‘lgan barcha respublikalarni «mahv» etib, shimolda joylashgan «markaz»ning qirmizi gumbazli saroylarida ham tantanali tarzda aks-sado berib turardi. Shu sabab saylovchilar uchun ham, shunchaki vaziyatni kuzatib turgan tomoshatalab odamlar uchun ham natija qiziq edi. Yakun shunday bo‘ldiki, to‘liq oshkoralik va erkinlik asosida o‘tgan saylovda Shavkat ­Mirziyoyev raqiblaridan katta farq bilan ustun keldi... 

Albatta, shu o‘rinda savol tug‘iladi: qatoridagi siyosiy qudratga, obro‘ va martabaga ega bo‘lgan nomzodlarni u kishi qanday ortda qoldirib, deputatlik maqomiga erishdi?

Men ashaddiy fatalist emasman. Biroq, yuqorida keltirganimdek, ota-bobolarimizdan meros «taqdir», «peshonasiga bitgan» degan azaliy tushunchalarni to‘liq inkor ham etolmayman. Qolaversa, u kishining g‘olib bo‘lishida tabiatidagi shiddat, harakatchanlik va insonlarga cheksiz mehr, noyob odamgarchilik xislati ham asos bo‘ldi, deb o‘ylayman. Chunki u institutda faoliyat yuritayotgan o‘sha damlarda ham tumanda faol sifatida yaxshi tanilgan, mahallalar ahli, talabalar mehrini qozonib ulgurgan edi. 

III

Yuqorida bir mulohazani bosh­laб, davom ettirishni ortga surgandik. Nazarimda, endi uning mavridi keldi. Sovet davrida garchi «biz katta bir oila» degan balandparvoz shior ustuvorlik kasb etgan bo‘lsa-da, bu chaqiriqqa nisbatan skeptik qarash yo‘q emasdi. Deylik, «og‘a-­ini»larning har birida, pinhona bo‘lsa-da, o‘z manfaati yoki ijtimoiy-siyosiy identligini yuqoriroq qo‘yishga, barcha imtiyozu rag‘batlarga, avvalo, ular haqli ekanini isbotlashga tiyiqsiz urinish istagi bor edi. Ayni shu «xususiyat» milliy респuб­likаlar ichida ham ko‘zga tashlanardi. Boshqalarni chetga surib, o‘zimiz haqimizda gapiradigan bo‘lsam, o‘sha davrlarda kim qaysi viloyatdan, vohadanmi, vodiydanmi, sal pastroqqa qarab tushsang, rayonma-rayon, urug‘-aymoq surishtirish, xullas, hokimiyat iyerarxiyasi shakllanishida ochiq aytilmasa-da, shunday o‘lchovning borligini tamoman inkor qilib bo‘lmasdi. ­Shavkat ­Miromonovichning deputatlik saylovlari va undan keyin, 1992-yilda Mirzo Ulug‘bek tumaniga hokim bo‘lishida ham bu sezilgan. 

Masalaga kengroq yondashganda, aslida xalq tilida soddagina qilib «mahalliychilik» deyiladigan, ammo jiddiyroq qarasangiz, qaysidir ma’noda ijtimoiy diskriminatsiyaga ham o‘xshab ketadigan bu xavfli qusur nafaqat Toshkent, balki umumjamiyatimizga xos xavfli illat edi. Oddiy tushuntirganda, Qashqadaryoga qashqadaryolik, Buxoroga buxorolik, Namanganga faqat Namangandan chiqqan kadrgina rahbar bo‘lishga munosib, degan xalqni bo‘lib tashlashga, birlik va yakdillikka raxna soluvchi qarash edi bu.

Men aniq bilmayman, bunday radikal kayfiyat, qarash bizda qachon paydo bo‘lgan?.. Ehtimol, uning ­shakllanishi o‘tgan asr boshlariga borib taqalar. Bilmadim. Harqalay, kommunistlarning o‘sha yillari «milliy respublikalar va millatlarni «yaratish» siyosati» oldin na etnik va na hududiy ixtiloflarga borgan тuркiсtoнlik­lar o‘rtasida o‘ziga xos ayirmachilikni keltirib chiqargani bor gap. Tabiiyki, bo‘lib tashlab, bosh­қarish ularning manfaatiga mos edi. Jumladan, o‘lkadagi milliy kelishmovchiliklar – hudud va madaniy meros, etnos yoki etnogenez atrofidagi «g‘ijillashish»lar pinhona davom etarkan, bundan «markaz» atay ko‘z yumardi. Chunki hamjihatlik va ruhiy yaqinlikning yo‘qligi mintaqaga doimiy ojizlik baxsh etib turishini ular yaxshi tushunishardi. Biroq sovetlardan o‘zlashtirilgan salbiy taж­рibа, «bo‘lib tashlab idora qilish siyosati», garchi zararimizga bo‘lsa-da, bizda yaqin-yaqingacha davom etdi. Xususan, мuс­taқillikdaн keyin ham viloyatlar va hatto tumanlarni bir-biridan ajratib turadigan «blok post»lar qo‘yilganini nima bilan izohlash mumkin. Ammo  ­Shavkat ­Miromonovichning poytaxtda muhim siyosiy personga aylanishi masalasi, yuqorida ishora qilganimizdek, bundan ham jiddiyroq oqibatlarni keltirib chiqargan, dangal aytganda, ko‘plab o‘zini eng muhim a’yon deb hisob­ловчi mahalliy «zodagon»larni безо­вta qilgandi. Albatta, uzoq davr­lardan beri bir maromda ketayotgan «ish»lar dinamikasi birdan o‘zgarsa, tabiiy ravishda xotirjamlik yo‘qoladi. Bu behalovatlikning qat-qatida hasad ham bor edi. Biroq men buni katta ayb sifatida qoralamayman. Zotan, hasad ham nafsga bog‘liq. Nafs esa hammamizda bor. 

Hatto, bashariyat daholari, deb ardoqlaydigan buyuklarda ham hasad bo‘lgan. Masalan, nainki rus xalqining, balki insoniyat oliy tafakkurining daholaridan biri Lev Tolstoy o‘z zamondoshi buyuk adib Fyodor Dostoyevskiyni kunlagani (mavqe qizg‘onish, rashk qilish) haqida ko‘p xotiralar bor. Deylik, u ko‘p maqolalarida ­Dostoyevskiyni «tilning rasvosini chiqargan»likda ayblaydi. Bundan ham achchiqrog‘i, Maksim Gorkiy xotiralarida keladi. Unda Tolstoy shunday deydi: «Dostoyevskiy o‘zining jinni qahramonlaridan birini o‘zi ishonmagan maqsadga xizmat qilgani uchun, o‘zidan va boshqalardan o‘chini olish uchun yashaydi, deb yozadi. Bu gapni u o‘zi haqida yozgan, u o‘zi haqida xuddi shunday ­deyishi mumkin edi...».

Xullas, hasad masalasi uмuм­insoniy, tabaqalarga bo‘linmagan bir tuyg‘u deyishimiz mumkin. Qolaversa, bu, yuqorida aytganimdek, unchalik kechirilmaydigan qusur ham emas. Ammo ochiq dushmanlik bu – noinsoniylik belgisi. ­Shavkat Miromonovich Mirzo Ulug‘bek tumaniga hokim bo‘lganida bunday nomardlarcha qilingan harakatlar, dushmanona fitnalarga ko‘p bor ro‘baro‘ kelgandi (O‘sha пайт­lari shaharning Sobir Rahimov tumanida hokim bo‘lganim uchun bu воқеа­lardan yaxshi xabardor edim).

Xalq orasida ancha ommalashib ketgan, u kishining o‘zlari ham bir necha bor kulib eslagan «Ulug‘bek haykali» haqidagi hangoma shulardan bittasi, xolos. Aslida kimning «ijod»i bo‘lsa ham, bu o‘ta puxtalik bilan o‘ylangan ish edi. Ertalab davlat rahbari xorijlik mehmon bilan birga gulchambar ­qo‘yishi kerak bo‘lgan monumentning boshini olib ketish... Chuqurroq o‘ylasangiz, ayni buzg‘unchilik tashabbuskorlari topilmalari zamiriga «siyosiy majoz»ni ustakorlik bilan berkitishgan: Mirzo Ulug‘bek ­boshining kesilishi aslida shaxsan Shavkat Mirziyoyev siyosiy ­faoliyatiga qilich sermash edi... 

Albatta, shuncha gapdan keyin haqli bir savol o‘rtaga chiqadi: Mirziyoyevga qilingan kinli munosabatning boisi nima edi, uning viloyatdan ekanimi?! Yo‘q, bu yerda, hali aytganimdek, undan-da jiddiyroq sabab ham bor edi. Motiv shundayki, poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumaniga tayinlangan yosh hokim shahar ijtimoiy-iqtisodiy hayotini o‘z g‘ayrati, bilim va iqtidori, noyob qobiliyati bilan favqulodda «uyg‘otib» yuborgan va bu ko‘pchilikni sergak torttirgandi. Bugun aksariyat toshkentlik faollar, o‘sha mahallar faoliyati shahar hayoti bilan bog‘liq bo‘lgan, yuragi toza, vijdoni uyg‘oq faxriylar madaniyat, orastalik, saranjomlik va bunyodkorlik zavqi bilan ishlash va yashash borasidagi ko‘p tajribalarni aynan Shavkat Mirziyoyevdan o‘rganishganini ochiq tan olishadi, e’tirof etishadi. Sababi, mahalla va ko‘chalar, xiyobonlar go‘zalligi, odamlarni ulug‘ maqsadlar sari birlashtira olish bobida ushbu tuman nafaqat Toshkentda, balki mamlakatda eng oldingi safda edi.

IV

O‘zi umuman bugungi aytmoqchi bo‘lgan gapimiz Samarqand va Samarqand ruhiga qayta «jon bag‘ishlanishi» haqida edi. Lekin u yerdagi qilingan ishlar, Shavkat Mirziyoyevning qalbidagi jasorat, Vatanimizga, tariximiz va millatimizga bo‘lgan so‘ngsiz mehr-muhabbatni ochib berish uchun yuqoridagi hikoya­larni ham aytib o‘tish kerak edi, deb o‘yladim. Zotan, u kishining shaxsiyati o‘z-o‘zidan osmondan tushgandek paydo bo‘lib qolgani yo‘q. U bugungi mavqei – xalqining sevimli Prezidentiga aylangunicha qancha zahmat chekdi, ne-ne balo-qazolardan omon chiqa oldi. Bu, Yaratganning biz uchun buyuk bir tuhfasi, albatta.

Endi asosiy mavzu – Prezidentimizning Samarqandda amalga oshirgan ishlari, u yerdagi faoliя­­тi haqida bafurja gaplashsak. Negaki, u kishining ayni shu viloyatdagi faoliyati, tajribasi mamlakatimizning bugungi istiqboliga tagzamin bo‘ldi, desam, adashmagan bo‘laman. 

V

O‘rta asrlarda «G‘arbda Rim, Sharqda Samarqand» degan ta’rif paydo bo‘lganini hammamiz yaxshi bilamiz, bundan faxrlanib yuramiz. Ammo, yuqorida aytib o‘tganimizdek, bu qadimiy kent ham xuddi inson taqdiridek murakkab yo‘lni kechib o‘tgan.

Birgina misol, garchi 2001-yilda Samarqandning me’moriy-tarixiy yodgorliklari ­YUNESKOning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgani shaharning xalqaro maqomini yana bir bor tasdiqlagan bo‘lsa-da, o‘sha davrdagi real manzara uning shuhratiga soya solib turar, xalqaro tashkilotning e’tirofi esa shunchaki uning yoshi va shonli o‘tmishiga ko‘rsatilgan hurmat ramzidek taassurot qoldirardi. Infratuzilmani qo‘yib turaylik, oddiygina maishiy madaniyat, degan tushuncha ham shahar ҳаё­тiga begonadek edi.

Viloyat iqtisodiyoti ham xuddi shunday og‘ir ahvol – tanazzulda edi. Sanoat va tadbirkorlik rivojlanmagan, qishloq xo‘jaligida yillar davomida yig‘ilgan muammolar ­an’anaviy tus olgandi. Eng achinarlisi, 4 millionga yaqin aholining atigi 7 foizi tadbirkorlik bilan shug‘ullanardi. Va ayni ko‘rsatkich, taassufki, hudud iqtisodiyotining ichki imkoniyatlari to‘liq ishga solinmaganidan, aholining tadbirkorlik va biznes rivojiga ishonchi so‘nganidan ham darak berardi.

Ana shunday murakkab bir pallada Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyati hokimi etib tayinlandi. U o‘sha paytdayoq yaxshi anglagan ediki, bu nafaqat taqdirning siylovi, balki viloyatda olis davr­lardan to‘planib qolgan ijtimoiy-iqtisodiy «meros» qarshisidagi sinov ham edi. Shu sabab u ko‘pchilikka o‘xshab ishni kabinetdagi majlislar yoki «telefon bosh­қaruвi» amaliyotlaridan emas, to‘g‘ridan-to‘g‘ri odamlar orasiga kirishdan boshladi.

Tushunmovchilik bo‘lmasligi uchun bir gapni aytib o‘tay. U kishining ishlari, faoliyatini xuddi yonida turganday hikoya qilishimning sababi bor. Chunki Shavkat ­Miromonovich viloyatga tayinlangan ilk damlar va undan keyin ham men deyarli doimo yonlarida, hamnafas bo‘lganman. Shuning uchun aniq eslayman, yangi rahbar ilk ish kunini Samarqand xalqaro aeroportidagi holatni ko‘zdan kechirishdan boshladi (ehtimol, bugun shahar ko‘rkiga ko‘rk qo‘shib turgan yangi aeroport qurilishi o‘sha mahallar u kishining кo‘nг­лidan o‘tgandir). O‘shanda bir guruh faollar hamrohligida yo‘l-yo‘lakay ko‘chama-ko‘cha, mahallama-mahalla piyoda aylanib, hududning haqiqiy ahvoli, odamlarning kundalik dardu taшвish­larini bevosita sinchiklab o‘rgandi. 

 Natijada shahardagi ko‘p yillik loqaydlik va e’tiborsizlik oqibatida yig‘ilib qolgan turli muammolar birma-bir yuzaga qalqib chiqdi. Ayniqsa, viloyatning og‘ir ekologik holati, ko‘chalar, mahallalar va jamoat joylarida uyulib qolgan chiqindilar Samarqandni tozalash va obod qilish ishlarini biror kun ham kechiktirib bo‘lmaydigan vazifaga aylantirgandi. Mubolag‘asiz aytganda, ahvol, boya o‘zim so‘zim davomida shahar gigiyenasi bobida kesatgan, tanishlarimiz safar taassurotlaridagi mamlakatlarnikidan pesh emasdi. Shu bois bu borada jiddiy «kurash» boshlandi. Bugun obodlik va ozodalik bobida ibrat namunasi­­ga aylanib ketgan hodisa – birgina viloyat hokimligi va uning atrofidan qariyb 70 ta yuk mashinasida chiqindi olib chiqilgani vaziyatning nechog‘li ayanchli tus olganini tasdiqlab turardi.

Bu hali hammasi emas edi. Ahvol shu darajaga yetib borgandiki, mavjud kuch va texnika bunday keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari, qolaversa, maqsadni to‘liq amalga oshirish uchun yetarli emasligi ayon bo‘ldi. Ana shunda shahar hududi sektorlarga bo‘linib, har bir mahalla va ko‘chaga aniq ­mas’ullar biriktirildi. Keyinchalik butun mamlakat miqyosida joriy etilgan «Sektor tizimi»ning dastlabki namunasi aynan shu jarayonda shakllandi.

Xullas, yillar davomida qo‘qim (chiqindi) bosib ketgan ko‘chalar va mahallalar qisqa vaqt ichida yangicha qiyofa kasb eta boshladi. Eng muhimi, o‘zgarishlar faqat markaziy ko‘chalar yoki viloyat markazi bilan cheklanib qolmadi. Ilgari hech bir rahbar qadam bosmagan chekka hududlar, e’tibordan panada qolgan mahallalar ham yangilanish jarayoniga «tortildi». 

Ko‘pchilik yaxshi biladi, shahar biqinidagi «Fidoyilar» va «Sarbadorlar» kabi mahallalarda azaldan shu yerlik aholi «lo‘lilar» deb ataydigan yurtdoshlarimiz istiqomat qilishadi. Garchi mavzudan chiqsam-da, gapim tushunmovchiliklar keltirib chiqarmasligi uchun ochiq aytib qo‘yay: tashqaridan qaraganda, insonga nisbatan go‘yo kamsitish yoki milliy ayirmachilikka o‘xshab тuю­лadigan ta’rif aholi orasidagi mutlaqo hayotiy munosabat aslida. Chunki xalqimiz biror ijtimoiy jamoaning «kim»ligini ifodalash uchun «qozoq», «qirg‘iz», «tojik» yoki yanada traditsional qatlamga o‘tadigan bo‘lsak, «qo‘ng‘irotlar», «barloslar» degan etnik tushunchalarni bajonidil qo‘llashadi va bu ayb ham, haqorat ham hisoblanmaydi. Ayni konseptdan kelib chiqsak, lo‘lilar ham hammamiz qatori shu yurtning aziz farzandlari sanalishadi. 

Shu o‘rinda men aytmoqchi bo‘lgan fikr bu mulohazalardan anchagina farqli, ya’ni ­Shavkat ­Miromonovichning insonparvarligi, odamlarga bo‘lgan yuksak hurmati, mehri bilan bog‘liq masaladir. Samarqandni bilgan odamlar yaxshi xabardor, bu mahallalarda yashovchi aholida shu paytgacha na tug‘ilganlik haqida guvohnoma, na pasport bo‘lgan. Ochig‘i, ushbu amaliyotni amalga oshirish haqida kimdir o‘ylab ko‘rganiga ham shubha bor. Shavkat Mirziyoyev esa ularga qonuniy tarzda shaxs, yashash va mol-mulk huquqini beruvchi guvohnoma va pasport berish tizimini yo‘lga qo‘ydi. Ushbu yurtdoshlarimiz ham vatanimizning chin fuqarolari bo‘lish sharafiga muyassar bo‘lishdi. Mahallaning maktab ostonasini ko‘rmagan bolalari ilm dargohlariga jalb qilindi. Aholining idorama-idora yurib sarson bo‘lishiga sabab bo‘lgan og‘riqli muammolar yugur-yugursiz aynan shu yerning o‘zida hal etildi.

Bir so‘z bilan aytganda, odamlarning dardini eshitish, masalani joyida yechish, eng muhimi, «Davlat – xalq uchun» degan ezgu tamoyil – ana shu davr boshqaruvining asosiy mezoniga aylangandi.

VI

Eslatib o‘tganimizdek, Samarqand faqat «Samarqand»­dangina iborat emas. Ushbu toponim faqatgina me’moriy artefakt yoki madaniy merosdan tashqari, shu diyorda ming yillardan buyon yashab kelayotgan millionlab odamlar – samarqandliklar va ularning hayotini ham ifoda etadi. Shundan kelib chiqib gapiradigan bo‘lsak, viloyat ma’murchiligi haqida ham alohida to‘xtalish kerakligini anglab yetamiz. Chunki ko‘hna shaharga nur va shukuh beradigan eng muhim sifat – xalqning kayfiyati, turish-turmushidan rozilik alomati, ko‘zlaridagi quvonch va shodlik uchqunlaridir. Ayni nuqtai nazardan olib qaraganda, ijtimoiy-iqtisodiy sohani isloh qilish ham o‘ta dolzarb, ortga surib bo‘lmaydigan vazifa edi viloyatda. Nimagaki, hududdagi o‘lda-jo‘ldalik, samarasiz qaror va topshiriqlar, tashabbus­lar odamlarni ishdan bezdirgan, davlat va umumsiyosatga ishonchini susaytirgandi. Shavkat Mirziyoyev kelganidan taxminan bir yil o‘tib, aniqrog‘i, 2002-yilning birinchi choragida viloyat iqtisodiyotida keskin ijobiy o‘zgarishlar ko‘zga tashlandi: sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 107,3 foizga, xalq iste’moli mollari esa 112 foizga bajarilib, barqaror o‘sish sur’atlari qayd etildi. Albatta, bu natija ortida odamlarning qayta uyg‘ongan ishonchi, bosh­қaruвga nisbatan tiklanayotgan umidi yotardi. Biroq viloyatning asosiy drayveri bo‘lgan qishloq xo‘jaligidagi ahvol hamon murakkab edi: yer unumdorligi, ya’ni bonitet darajasi кес­кiн pasayib, ayrim hududlarda 10 ballgacha tushib ketgani hosildorlikka keskin ta’sir ko‘rsatgandi. 

Ayni vaziyatdan chiqish uchun Shavkat Mirziyoyev masalaga ilmiy va amaliy nuqtai nazardan yondashdi. U kishining tashabbusi bilan ko‘pni ko‘rgan oqsoqollar, chuqur bilim va tajribaga ega mutaxassislar hamda dehqonlardan iborat «Maslahat kengashlari» tuzildi. 

Tashqaridan qaraganda, ortiqcha dovruqsiz bu tashabbus viloyat ҳаё­тida tub burilish yasadi. Negaki, xalq tajribasi va ko‘magiga asos­laнgan ayni tuzilma davlat bilan xalq o‘rtasida uzilgan rishtalarni tikladi. Boshqacha aytganda, ushbu mexanizm yerga bo‘lgan munosabatni qayta ko‘rib chiqish, mavjud muammolarni joyida tahlil qilish va aniq yechimlar ishlab chiqishda muhim omil bo‘ldi. Shu yondashuv orqali yer unumdorligini tiklash – ilmiy hisob-kitoblar va amaliyot uyg‘unligida hal etila boshlandi. 

Mavjud imkoniyatlarni to‘liq safarbar qilish natijasida har gektar suvli yerga 20,5 tonnadan mahalliy o‘g‘it berish tizimi yo‘lga qo‘yildi. Oradan qisqa vaqt o‘tgach, bu ishlarning ijobiy samaralari yaqqol ko‘rina boshladi – тuп­роқning biologik holati yaxshilanib, yerning tabiiy unumdorligi asta-sekin tiklandi. 

Islohotlarning navbatdagi bosqichida hududlarning tabiiy-iqtisodiy imkoniyatlaridan kelib chiqib, ularni ixtisoslashtirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Bu esa, o‘z navbatida, har bir tumanning o‘ziga xos salohiyatini ochish va qishloq xo‘jaligi samaradorligini oshirishda muhim strategik qadam bo‘lib xizmat qildi.

Jumladan, Toyloq tumani g‘allachilikka ixtisoslashtirilib, shaxsan viloyat rahbarining tashabbusi va qo‘llab-quvvatlovi bilan ­Ukrainadan serhosil bug‘doy urug‘lari olib kelindi hamda sinovdan o‘tkazildi. Natijada gektaridan o‘rtacha 50 sentnergacha hosil olinishiga erishildi. 

Samarqand tumanida ilgari ­e’tibordan chetda qolgan toshloq va unumsiz yerlar o‘rnida zamonaviy intensiv bog‘lar barpo etildi. Bu tashabbus hudud qiyofasini o‘zgartiribgina qolmay, qishloq xo‘jaligida qo‘shilgan qiymatni ham sezilarli darajada oshirdi. 

Ishtixon va boshqa tumanlarda mahsulotlarni saqlash va bozorga uzluksiz yetkazishni ta’minlash maqsadida zamonaviy muzlatkichli omborxonalar qurildi. Bu esa sarxil mahsulotlar yo‘qotilishini kamaytirib, fermerlar daromadini oshirishga xizmat qildi.

Shavkat ­Mirziyoyev tomonidan o‘sha yillarda qishloq xo‘jaligida asos solingan tizimli yondashuv keyinchalik viloyat agrar tarmog‘ining muvaffaqiyat garoviga aylandi, desam, ayni haqiqatni aytgan bo‘laman. Zero, bir vaqtlar qatqaloq yerga aylangan, hosildorligi past dalalarning yashil boqqa do‘nishi, bu shunchaki agrotexnik tadbirlar samarasi emas, balki dehqon va fermerlar ko‘ngliga yo‘l topishning o‘ziga xos ifodasi bo‘ldi.

Aytish o‘rinliki, ushbu islohotlar doirasida yana bir og‘riqli muammo – hududlarni obihayot bilan ta’minlash masalasi ham kun tartibiga chiqdi. Sir emas, bir vaqtlar Qo‘shrabot tumanidagi minglab gektar yer maydonlarining «taqdiri» butunlay yog‘ingarchilikka bog‘liq edi. Hatto, ayrim vaqtlarda lalmikor yerlar suvsizlikdan qaqrab, тuп­роқ yorilib ketar, dehqonning mashaqqatli mehnati behuda sarf bo‘lganini ko‘rib, odamning beixtiyor ichi achirdi. 

Avvalgi rahbarlarda ham shunday kuyinish tuyg‘usi bo‘lganmi, yo‘qmi, bilmadimu, ammo yangi hokim buni ko‘rib chidab turolmagani bor gap. Aynan o‘sha yillari Shavkat Mirziyoyevning qat’iy irodasi va uzoqni ko‘zlab yuritgan siё­сатi tufayli hududda sel suvlari to‘planadigan «Oqchopsoy» suv ­omboriga tamal toshi qo‘yildi. Shu bilan birga, tabiiy manbalar va mavsumiy sel suvlaridan oqilona foydalanish maqsadida «Oqtepasoy» suv omborini barpo etish ғоя­­si ham ilgari surildi. Ushbu tashabbuslar minglab gektar lalmikor yerlarni obihayot bilan ta’minlash, unumdorligini oshirish va hudud қiё­фасini tubdan o‘zgartirishga qaratilgan muhim strategik qadam sifatida tarixiy ahamiyat kasb etdi.

VII

Azal-azaldan suv baraka va farovonlik ramzi sifatida ­e’zozlanib kelingan. Ehtimol, shu bois xalqimiz u bilan bog‘liq ko‘plab ibratli rivoyatlar to‘qigan, buloq va chashmalarga muqaddasot sifatida ta’rif bergan. Shuning uchun ham Samarqand viloyati ahlining Sangin-Chashmasiyob, Sangarason-Navodon, Obirahmat, Obimashat kabi buloqlar va jilg‘alarning zilol suvlaridan bahra olgan inson «gunohlaridan poklanadi», degan mulohazalariga hech kim shubha bilan qaramaydi, balki oqayotgan obihayotdan qonib ichishga intiladi.

Ammo, ming afsuski, o‘z vaqtida mahalliy siyosatda tarixiy va odamlar aziz bilgan bunday buloqlarni asrab qolish u yoqda tursin, shahar aholisini oddiy ichimlik suv bilan ta’minlash ham eng og‘riqli ­muammoga aylandi. 

Yillar davomida e’tibordan chetda qolgan suv quvurlari chirib, xizmat muddatini o‘tab bo‘lgan, ularni zudlik bilan yangilash ham dolzarb ahamiyat kasb etgandi. Qolaversa, shaharda aholi nufusi kun sayin o‘sib, mavjud imkoniyatlar odamlar ehtiyojini qoplay olmay qolgandi. Viloyatning yangi rahbari obihayot ta’minoti tizimini isloh qilish, ko‘hna kentning «qon tomirlari»ga qayta jon бағish­laш yo‘lida ham qat’iy qadamlar tashladi – aholi toza ichimlik suvdan muammosiz bahramand bo‘la bosh­ladi. 

Bundan tashqari, toza ichimlik suvni 3-4 kilometr masofadan tashib ichgan Nurobod tumanidagi Sazag‘on, Tepaqul va Oqsoy qishloqlari aholisiga yangi suv quduqlari qazilib, ularning obihayotga talabi va ehtiyoji qondirildi. Bu jarayon, o‘z mazmun-mohiyatiga ko‘ra, viloyat ahlining turmush farovonligini yuksaltirish, inson qadrini ulug‘lash va odamlarning yuziga tabassum ulashish yo‘lidagi muhim islohotlardan biri bo‘ldi.

VIII

Hammamizga ma’lum, Shavkat Mirziyoyev Samarqandda ko‘p muddat qolmadi: umumiy hisobda ikki-uch yil. Biroq u kishi qoldirgan iz, an’analar mudom o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Yaxshi eslaymiz. Bir vaqtlar mamlakatimizda ta’lim sohasida turli islohotlarga qo‘l urildi, majoziy айт­ganda, boshimizni to‘g‘ri kelgan devorga bir-bir urib chiqdik. Shunday bilarmonliklarimizdan biri – «kollejbozlik» siyosati edi. Biz ushbu «ta’lim strategiyasi»ga shu qadar berilib ketdikki, ilhomimiz tiyiqsizligidan, hatto, o‘n-o‘n besh chaqirim atrofida birorta uy bo‘lmagan dashtu dalalarga ham uch-to‘rt qavatli kollejlar qurib tashladik. 

Oqibati nima bo‘ldi? Buni айт­масам ham barchamiz yaxshi tushunamiz, anglaymiz. Bu yerda eng og‘ir yo‘qotish – o‘rta ta’lim tizimi sohasida bo‘ldi. Maktablar qurilishi, ularga e’tibor keskin tushib ketdi. Hamma joyda bo‘lgani kabi buning og‘riqli oqibatlari Samarqand viloyatida ham ko‘rindi. Hududdagi qariyb 1050 ta maktabning ahvoli achinarli darajaga kelib qoldi. Ya’ni ularning deyarli uchdan bir qismi kapital ta’mirga muhtoj, tomlaridan chakka o‘tar, devorlarini zax bosgan, sinfxonalari esa o‘quvchilar ta’lim olishi uchun mutlaqo yaroqsiz holda edi. 

Bu holat yurt kelajagi, millat taqdirini o‘ylaydigan har qanday odam ko‘nglini tashvishga solishi tabiiy edi. Shu bois, Shavkat ­Mirziyoyev faoliyatining to‘rtinchi kunidayoq Pastdarg‘om tumanidagi 72-maktabga bordi. U yerdagi manzarani ko‘rib, har qanday insonning yuragi larzaga kelishi tayin edi: xom g‘ishtdan qurilgan, tomsuvoqli, sovuq kunlarda isitish imkoni bo‘lmagan bu xaroba maskanda 200 nafar bolajon taqdirning achchiq sinoviga dosh berib, ilm olardi...

Moliyaviy imkoniyatlar cheklangan, mahalliy byudjet, degan tushunchalar xuddi siyosiy latifadek тuю­лadigan og‘ir bir sharoitda viloyat hokimi ayni vaziyatdan chiqishning eng tezkor va maqbul yo‘lini topdi – bo‘sh turgan qurilish tashkiloti binosini maktabga moslashtirish tashabbusini ilgari surdi. Bu favqulodda qaror o‘sha vaqtdayoq Shavkat Mirziyoyevning «yo‘q»dan «bor» qila olish qobiliyatini namoyon etgandi.

Bino qisqa fursat ichida chinakam o‘quv maskaniga aylantirildi va qish ostonasida o‘quvchilar ilk bor issiq va yorug‘ sinf xonalariga ko‘chirildi. Ushbu ezgu tashabbusning mantiqiy davomi sifatida esa 2002-yilda shu hududda muhtasham, ikki qavatli yangi maktab binosi qad rostladi. Bugun o‘sha joy o‘rnida barpo etilgan zamonaviy, barcha sharoitlarga ega ta’lim dargohida 700 nafarga yaqin o‘g‘il-qiz tahsil olmoqda.

Shu o‘rinda men e’tiboringizni muhim bir nuqtaga qaratmoqchiman. Shavkat Mirziyoyev moliyaviy imkoniyatlar cheklangan, maktablar «kollejbozlik siyosati» soyasida qolib ketgan zamonlar ta’lim tizimini qo‘llab-quvvatlashning o‘ziga xos yangi tizimi – «yordamchi xo‘jalik» modelini joriy etdi. Unga ko‘ra, maktablar qoshida homiylik va tashabbuskorlik asosida yordamchi xo‘jaliklar tashkil qilindi. Ulardan tushgan mablag‘lar bevosita ta’lim muassasalarini obodonlashtirish, infratuzilmasini yaxshilash hamda o‘quv muhitini yuksaltirishga yo‘naltirildi.

Bunday noan’anaviy, ammo xalq manfaatini ko‘zlagan amaliy qarorlar tufayli qisqa vaqt ichida viloyatdagi yuzlab maktablarning moddiy-texnika bazasi yangilanib, eski va xarob maktablar o‘rnida mutlaqo zamonaviy qulay va barcha shart-sharoitlarga ega ta’lim muassasalari qad rostladi.

Ayniqsa, shunday oqilona yondashuv tufayli Samarqandning turli go‘shalarida qad rostlagan 20 dan ortiq sport inshootlari, sobiq «Remzavod»ning tashlandiq hududi o‘rnida barpo etilgan Olimpiya zaxiralari sport maktabi hamda «Yoshlar markazi» minglab o‘g‘il-qizlarning orzulari ro‘yobga chiqadigan sevimli maskanga aylanganini alohida qayd etish o‘rinli, deb o‘ylayman. Bugun ko‘pchilik samarqandliklar yaxshi eslashadi: o‘sha kezlarda Toyloq tumanida 5 ming o‘rinli muhtasham stadion foydalanishga topshirilgan edi. 

Eng qizig‘i, ushbu inshootlarning hech biri davlat byudjeti hisobidan qurilmagandi. Bu esa «Izlagan imkon topar», degan hikmatli ibora nechog‘liq haqiqat ekanini amalda yana bir bor tasdiqlaydi. 

Shavkat Mirziyoyevning ustoz va murabbiylarga bo‘lgan cheksiz hurmati shunchalik ediki, u umuman imkoniyati yo‘q davrda ham ularga munosib sharoitlar yaratib berish yo‘lida o‘zini qiynardi. Aynan shu ezgu niyat ifodasi o‘laroq, Oqdaryo tumanidagi sobiq «Kolxozstroy»­ning qarovsiz hududi o‘rnida zamonaviy «Ustoz» sanatoriysining barpo etilishi viloyat rahbarining ma’rifat ahliga cheksiz hurmati va yuksak ehtiromini yana bir karra namoyon etdi. Shu ma’noda aytish mumkinki, bu maskanning nomi ham, mohiyati ham o‘sha kezlardayoq keyinchalik muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan muhim ҳаё­тiй haqiqatni anglatib turardi: «Millat tarbiyachisini e’zozlagan xalqning kelajagi porloq bo‘ladi».

Sezib turibman, maqolaning so‘ng­­гi qismlari sizni zeriktirdi. Ensangizni qotirgan bo‘lsa ham ажаб­laнmayman. Ruhi, matndagi xronologik ohang sovet va undan keyingi turg‘unlik yillari kayfiyatini eslatuvchi ayni yo‘nalish bugun ҳаё­тiмizda favqulodda «begona»ga aylanib qolgandek... Holbuki, o‘sha davr­­da g‘alladan xirmon-xirmon hosil olish, qiziqchimiz aytganidek, «yerni chuqurroq haydash» va hatto mutaxassislar va dehqonlargina tushunishi mumkin bo‘lgan terminlarni qalashtirib nutq qilish, maqola yozish normal qabul qilinardi. Chunki daladan boshqa o‘ylaydigan, gapiradigan, ko‘krak kerib faxrlanadigan hech bir sifatimiz yo‘q edi. Sobiq markazdan kelib dalaga qanday qadab ketgan bo‘lsa, istiqlolga erishganimizdan keyin ham tafakkuru ongimiz uzoq yil egatlar orasida qoldi. Paxta va g‘alla, keng ma’noda aytganda, ziroatchilik hayotimizning barcha jabhasida ijtimoiy-siё­siй kult sifatidagi tahakkum – dominantligini xuddi sovet davrlaridagidek aks ettirib turdi. Chuqurroq o‘ylab ko‘rilsa, ayni safarbarlik ortida «strategik ahamiyat»dan bo‘lak yana bir muddao – jamiyatni manipulyatsiya qilish istagi ham yashiringandek edi. Ya’ni odam tinimsiz nimagadir undab turilsa, matbuot ertadan to kech zarbdorlik, dala ishlari, yetib bo‘lmaydigan «plan» haqida muttasil gapiraversa, bu holat har qanday erkin tafakkurga ham putur yetkazadi. Odamlar fikrini jamoaviy tarzda bir nuqtaga «yig‘ish», barcha o‘y-xayollarni umumiy bir o‘zanga bo‘ysundirish, tabiiyki, shaxsiy fikr­­ni jilovlaydi. Hur fikrning ­shakllanmasligi esa bizning klassik aqidalarimizga uyg‘un kelardi.

Umumiy ma’noda ozodligimizning dastlabki chorak asriga jiddiy qaraydigan bo‘lsak, erkinligimiz nazariy, hurriyatimiz qaysidir ma’noda «qaram mustaqillik»dek тuю­lar edi. Ko‘cha va xiyobonlarimizga osiladigan shiorlarimiz ham buni bot-bot eslatib turardi: «Yangi uy qurmay turib, eskisini buzma!». Aynan mana shu eskisini buzmay saqlab qolish «an’anasi» millat va davlat «kodi» maqomidagi milliy ramzlarimizda ham o‘z «tarovati va teran go‘zalligi»ni aks ettirishga ulgurdi. Deylik, мuс­taқillikka erishganimizdan keyin ham gerbimizdagi chambarakka alvon-la o‘ralgan «iftixorimiz ramzi» bo‘lgan paxta va g‘alla tasvirlari o‘zgarmadi. Nega? Holbuki, Prezidentimiz ko‘p bor aytganlaridek, paxtadan oladigan daromadimiz o‘sha yillari  bir milliard dollarga yetib-yetmagan. Shu holicha ham ushbu dehqonchilik mahsulotlari bizning ijtimoiy-ma’naviy identligimizni belgilashi kerakmidi? Biz o‘z asriy orzu-armonlarimiz, ulug‘ niyatlarimiz va bu jahondagi ruhoniy «o‘zligimiz»ni shu o‘simliklar siymosida ko‘rishimiz kerakmi?.. Albatta, bu mustaqillikdan keyin ham bir oyog‘imiz mafkuraviy jihatdan sobiq tizim xarobalari uzra qolib ketganini анг­latadi. 

Men bekorga bu to‘g‘rida gapirmadim. Chunki ayni narrativ – «­Mirziyoyev davri» bizning dunyoqarashimizni qanday o‘zgartirganini yaxshi ko‘rsatib bera oladi. Masalan, sal avval eslaganimdek, bir zamonlar nafaqat aktual, balki siё­siй ahamiyat kasb etgan «qishloq xo‘jaligi» gurunglari bugun hayotimizdagi qo‘rli o‘rnini yo‘qotdi. Shuning uchun ham  bu mavzuda yozish va o‘qish endilikda nafaqat an’anadan chiqdi, balki mohiyatan zerikarli, primitiv bo‘lib qoldi.  Ongimizda sokin amalga oshgan, hali deyarli tahlil etilmagan ayni yangilanish­lar bir narsani ochiq eslatib turadi: bizda ittifoq parchalangandan keyin ham erkinlik mas’uliyatidan xavotir hissi bor edi (ehtimol, bu siyosiy hokimiyatni «yo‘qotib qo‘yish»dan qo‘rqish bo‘lgandir).   Jumladan, traditsional tutumlardan voz kechmaslik, boshqaruv hamda jamiyat hayotidagi «an’anaviy ruh»ni saqlab qolishga intilish sezilar, shuning uchun shiorlarimiz ham, hali aytganimdek, milliy ozodlikdan ko‘ra ko‘proq yaqin o‘tmishga qayta chorlayotgandek tuyulardi. 

Vaqt shuni ko‘rsatdiki, mustaqilligimiz va o‘zligimizni ifoda etuvchi simvollarimiz – davlat ramzlarimiz mohiyatida ham o‘tgan asrning 90-yillaridagi siyosiy xavotir, qo‘rquv va ikkilanish tajassum topgan. Ayni mavzudagi so‘zimni yakunlab shuni aytishim mumkinki, bu olmon faylasufi Erix Fromm taс­вiрlagan «Ozodlikdan qochish» fenomeniga juda yaqin hodisa edi.

Aytilgan mulohazalar bizning tasavvurlarimizda bugun mamlakatimizning uch xil xarakterdagi ko‘rinishini aks ettirishi bilan nihoyatda ahamiyatli: «sovet O‘zбекiс­toni», «postkommunistik O‘zbekiston» va «Yangi O‘zbekiston»...

IX

Hech esimdan chiqmaydi: u kishi Samarqandda ishlayotgan davr­larda yonma-yon ketarkanmiz, hazil aralash savol berdim: «Goh-gohida uxlab ham turasizmi, ­Shavkat Miromonovich?!» 

U kishi o‘z odatiga sodiq holda jilmayib javob qildi: «Manzildan-manzilgacha moshinada nima qilish mumkin?» 

Suhbatimiz garchi mutoyiba ruhida kechgan bo‘lsa-da, uning zamirida haqiqat yashirin edi. Men ochiq aytaman, shu paytgacha uning qaysi mahal uxlab yoki oyoq uzatib dam olishini hech kim aniq aytib berolmasa kerak. Yuragi Vatan va xalq dardi, mehru muhabbati bilan urib turadigan, o‘z surati va siyratida MILLAT SHAVKATI timsolini tobora yorqin ifoda etib borayotgan Shavkat Mirziyoyevdan biz, kelajak avlod, qolaversa, tarix hali ko‘p narsani o‘rganishi, saboq chiqarishiga o‘zida kuchli ehtiyoj sezishiga men aniq ishonaman.

Hech bo‘lmaganda, birgina Vatanni, uning tarixi va o‘z xalqini sevishni u kishidan o‘rganish, o‘zlashtirib olishning o‘zi ham olamni guliston qilishga yetadigan qudrat va salohiyat soladi qalbingizga.

 Shavkat Mirziyoyev Bosh vazir bo‘lib ishlagan yillarda ham bu ko‘hna zamindan uzilib ketmadi. «Samarqand ruhi»ni «sayqallash», qolaversa, viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti doimo e’tiborida turdi.

Ana shu ezgu qarash va yondashuv Samarqandning ma’naviy hayotida tub burilish yasadi. Shaharda Registon, Shohi Zinda, Amir Temur, Bibixonim, Xoja Doniyol, Ruhobod, Hazrati Xizr, Rasadxona, Dahbed, Nodir devonbegi, Xo‘ja Ahror Valiy yodgorlik majmualari tarixiy қiё­фаsiga mos tarzda tiklandi. 

Eng muhimi, bir vaqtlar qarovsizlik va noqonuniy qurilishlar tufayli mahallalar orasi, kimlarningdir uy-joyi ostida qolib ketgan muqaddas qadamjo – Imom Moturidiy hazratlarining qabri topilishi ma’naviy-madaniy ҳаё­тiмizda ulkan voqelikka aylandi. Ulug‘ allomaning muborak nomi, benazir ilmiy-ma’rifiy merosi va buyuk ta’limoti yana xalq qalbiga yuksak ehtirom va izzat-ikrom bilan qaytarildi.

Men shu o‘rinda bir haqiqatni ro‘yi-rost aytishni istardim: aslida hozirgi Samarqandning qayta shuhrat topishi va dunyo sahnida yana «Yer yuzining sayqali» degan sharafli nomga chin ma’noda munosib ko‘rilishi aynan o‘sha vaqtda boshlangan mana shunday ma’naviy uyg‘onishdan kuch-quvvat olgan, desam, sira yanglishmagan bo‘laman.

Zero, Shavkat Mirziyoyevning Samarqand viloyati rahbari sifatidagi faoliyati davrida asos solingan ma’naviy uyg‘onish keyinchalik butun mamlakat taqdiri va taraqqiyot yo‘lini belgilab bergan ulkan strategik islohotlar uchun mustahkam asos bo‘ldi. Muhimi, bu o‘zgarishlar quruq shior yoki баlaнд­пarvoz da’vatlar sifatida emas, balki xalqimiz tafakkuri va qarashlarini o‘zgartirgan islohot sifatida ularning hayotiga chuqur kirib bordi.

Bugun xalqimiz qalbida jo bo‘lgan milliy o‘zlikni anglash va millat tarixi bilan bog‘liq tushunchalar, ma’naviy qadriyatlarga nisbatan shakllangan yuksak hurmat va muqaddas qadamjolar, bebaho tarixiy obidalarni bunyod etish hamda ularni asrab-avaylashga bo‘lgan daxldorlik hissi zamirida o‘sha yillarda yongan milliy g‘urur va vatanparvarlik mash’alasining қuд­ратлi nurini ko‘rish mumkin.

X

Maqola avvalida Samarqand garchi bir necha ming yillik tarixga ega bo‘lsa-da, uning shonli o‘tmishida o‘z nomini qoldira olgan bunyodkorlar sanoqli, degan edim. Agar siz bu o‘tmish gavhari bo‘lgan shaharga yaqin orada bormagan bo‘lsangiz, endi boring: uning go‘zalligidan zavqlaning, sahnidan nur yog‘ilib turgan maydonlari, muazzam Imom Moturidiy, Imom Buxoriy qadamjolarini ziyorat qiling. Tarix va bugun uyg‘unlashib ketgan «Boqiy Samarqand» ansamblini ko‘ring. Bozorlar, mahallalar, ko‘chalarni kezib, odamlarning yuzu ko‘ziga boqing. Chor atrofda taralib turgan qadim o‘tmish va zamon ohanglariga quloq tuting...

Shunda anglaysizki, ruhiyatingizda paydo bo‘lgan iliqlik, qalbingizga inayotgan shukuh qadim Samarqand ruhiyatidir. Ehtimol, o‘sha dam yuragingizda shahar tarixida iz qoldirgan Vatan farzandlari nomini yana uzaytirishga ishtiyoq paydo bo‘lar...

 U kishi bugungacha bosib o‘tgan yo‘l odam qalbida shunday ezgu tuyg‘ularni uyg‘otadi. Zotan, bu yo‘l sharafli va shavkatli yo‘ldir.

Bir paytlar Uinston Cherchill o‘z zamonasiga ishora qilib, «Biz ulkan voqeliklar va mayda odamlar davrida yashamoqdamiz», degan edi. Kinoya aralash aytilgan ayni malomat oradan bir asrga yaqin vaqt o‘tsa-da, bugun ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagandek. Ayniqsa, nolish va ismsiz nafrat tobora milliy qadriyatga aylanib borayotgan bizning bugungi kunlarimizga ham taalluqli bu gaplar, desam, hech ham adashmagan bo‘laman. Xususan, bu achchiq ta’na ko‘z o‘ngimizda bo‘layotgan shuncha o‘zgarishlar, yangilanishlarning qadriga yetmayotgan, ko‘rib ko‘rmaganga olayotgan «mayda odamlar»ga tegishli, albatta.

O‘zbekiston bundan o‘n yil burun qanday edi, hayotimiz, sharoitlarimiz, turish-turmushimiz, tafakkurimiz, biyron tilimizning holi nechog‘li edi, o‘sha paytlarda?! Afsuski, odam bolasi tez unutadi. ­Qadriga yetish, shukr qilish, degan oddiy insoniy tuyg‘ularni ham esdan chiqaradi. Ko‘z o‘ngimizda yuz berayotgan katta o‘zgarishlarning farqiga bormaydi yoki bilib turib, takabburlik qiladi.

Yaqinda yoshi saksonga borayotgan bir tanishim «falonchi qamalgandi, o‘g‘li lavozimga o‘tiribdi. Falonchi ishdan olingandi, uch oy o‘tmay sal bundayroq bo‘lsa ham vazifaga qo‘yilibdi. Men tushunmadim, nega bunday bo‘lyapti?» deb so‘rab qoldi. 

Ochig‘i, u kishidan xafa ham bo‘lmadim, gapiga hayron ham qolmadim. Negaki, bitta u emas, акsariя­тiмizda shunday fikr bor: birov qamaldimi, urug‘-aymog‘i bilan «supurilishi» kerak, ishdan ketgan odam nafaqat siyosiy sahna, hatto jamoatchilik nazaridan uzoqda, ko‘zga ko‘rinmay yurishga mahkum...

To‘g‘ri, ilgari shunday edi. Bugun zamon ham, siyosat ham o‘zgardi. Biroq taassufki, jamiyat buni to‘g‘ri anglab ololmayotir. Hayotimizda bo‘layotgan o‘zgarishlar va ularga  munosabatimizni kuzatib turib, ba’zan bir narsaga hayron qolaman: bizda ham faxr, Millat va Vatan zafarlaridan quvonib g‘ururlanish hissiyoti bormi yoki bu tuyg‘ularimizni ham mustabidlik to‘fonlariga «yem» qilganmizmi? Shuncha ishlar, o‘zgarishu yangilanishlar bo‘layotir, ammo aksariyat hollarda ularga yondashuvimiz, boya aytgan tanishimnikidek, o‘ta nosog‘lom...

Mayli, targ‘ibot, Prezident siё­сатi, bugungi kunlarimiz qad­рini odamlarga keng va bafurja sharhlash, tushuntirib berish amaliyoti, biroq bu ishlarimiz hozirda ko‘ngildagidek kechmayotgani alohida munozara mavzusi. Ammo biz, tarixi ming yillarga teng xalq, o‘tmishi afsonaga aylangan yurt farzandlari sifatida qalbimizda milliy g‘urur tuyg‘usini shakllantirishni o‘rganishimiz bugun juda dolzarb, degan bo‘lardim.

Men o‘tgan yili Prezidentimizning O‘zbekiston kasaba uyushmalari faollari va faxriylari bilan uchrashuvida u kishiga yuzlanib, shunday murojaat qilgan edim:

«Bundan 6-7 asr ilgari bu yurtda ko‘tarilgan muazzam bayroq o‘z atrofida jahonni birlashtirgan, o‘ziga qaratgan edi. Bu, shubhasiz, buyuk sohibqiron bobomiz Amir Temur qurgan qudratli davlatning bayrog‘i edi. 

Oradan qariyb yetti asr o‘tib, uzoq yillar ko‘zdan panada qolgan o‘sha bayroq bugun yana hilpiray boshladi. Bu bayroq bugungi Yangi O‘zbekistonning bayrog‘idir.

Bugun jahon uzra mag‘rur hilpirayotgan ushbu bayroqni Siz ko‘tardingiz, muhtaram Shavkat Miromonovich!»

Men bugun ham ayni fikrimda sobitman!

Qudratilla RAFIQOV,

siyosatshunos

O'zA

Powered by GSpeech