Nogironligi bor shaxslar uchun «To‘siqsiz turizm» dasturi amalga oshiriladi

2024 yil 1 yanvardan boshlab nogironligi bo‘lgan shaxslarning sayohat qilishlari uchun qulay muhit yaratishga qaratilgan «To‘siqsiz turizm» dasturi amalga oshiriladi.

Prezidentning «Turizm yo‘nalishidagi islohotlarni yanada jadallashtirish va sohada davlat boshqaruvi tizimini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga ko‘ra, dastur doirasida har yili «Sayohat barcha uchun!» loyihasi doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida ming nafardan nogironligi bo‘lgan shaxslarning respublikaning turizm salohiyati yuqori bo‘lgan shaharlariga bepul sayohatlari tashkil qilinadi.

Shuningdek, turizm, madaniy meros, konsert-tomosha obektlari hamda aeroport, avto va temiryo‘l vokzallarida nogironligi bo‘lgan shaxslarning to‘siqsiz harakatlanishi uchun zarur infratuzilma yaratish mexanizmlari joriy qilinadi.

Kun.uz

Powered by GSpeech