Nogironlik pensiyasini qanday qilib qayta hisoblatish mumkin?

Fuqaro I va II guruh nogironlik pensiyasi tayinlanganidan keyin kamida 1-yil ish stajiga ega boʻlsa, uning arizasi asosida ish staji va ish haqi inobatga olingan holda pensiyasi har 2-yilda bir marotaba qayta hisoblab beriladi.

Pensiyani qayta hisoblashga asoslar vujudga kelganda shaxs faqat pasport bilan Pensiya jamgʻarmasiga murojaat qilishi mumkin.
Bunda, shaxsning mehnat staji va ish haqi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar axborot tizimlarida mavjud boʻlsa, pensionerdan hech qanday maʼlumot talab qilinmaydi.

Maʼlum sabablarga koʻra, maʼlumotlar axborot tizimlarida mavjud boʻlmasa, bu haqda pensionerga maʼlum qilinadi va pensioner soʻralgan maʼlumotlarni taqdim qilishi kerak boʻladi.

“Yangi Oʻzbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati»

Powered by GSpeech