Qozog‘istonda Alisher Navoiy haykali o‘rnatildi

    Xabaringiz bor, 2022 yilning 22 dekabr kuni O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari ikki mamlakat delegatsiyalarining kengaytirilgan tarkibi bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralarda Qozog‘istonda Alisher Navoiy haykali o‘rnatilishi ma’lum qilingan edi. Qayd etilishcha, muzokaralar chog‘ida Ostona shahri markazida buyuk o‘zbek shoiri, davlat arbobi Alisher Navoiy haykalini o‘rnatish bo‘yicha qaror qabul qilingan.

   Shu munosabat bilan balandligi to‘rt metrdan ortiq bo‘lgan mazkur haykal O‘zbekiston xalq rassomi, haykaltarosh Jasvant Annazarov tomonidan yaratildi va Ostona shahrida o‘rnatildi.

   Eslatib o‘tamiz, bugunga qadar buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiy haykali Tokio, Shanxay, Vashington, Moskva, Minsk, Boku, Mozori-Sharif, O‘sh, Dushanbe, Seul kabi shaharlarida qad rostlagan.

 

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Powered by GSpeech