Ro‘yxat: O‘zbekistonda yashayotgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari
O‘zbekistonda 6-may holatiga ko‘ra, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan faxriylar soni 60 kishini tashkil etmoqda. Bu haqda Mudofaa vazirligi e’lon qilgan infografikada keltirilgan.
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining eng ko‘pi Toshkent shahrida istiqomat qilmoqda — 28 nafar. Undan keyingi o‘rinni 11 nafar urush faxriysi bilan Toshkent viloyati egallagan. Farg‘ona viloyatida besh nafar, Andijon, Xorazm va Buxoro viloyatlarida — uch nafardan, Namangan va Qashqadaryo viloyatlarida — ikki nafardan, Surxondaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarida esa bir nafardan Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi bor.
Bugungi kunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy va Sirdaryo viloyatlarida istiqomat qilayotgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari qolmagan.
Foto: “Daryo”
Faxriylarning 14 nafari urush nogironlari hisoblansa, yana 14 nafari bevosita urush qatnashchilaridir. 13 nafari esa Leningrad qamalida ishtirok etgan, 19 nafari konslagerda tutqun bo‘lgan.
Nikolay Petrunin — 1924-yili Qozog‘istonda tug‘ilgan (1-guruh nogironi, yotoqda, harakatlana olmaydi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston II jahon urushi davrida (1939-1945 yillar) 6,5 million aholiga ega bo‘lgan va 1 million 951 mingdan ortiq kishini frontga jo‘natgan. Ulardan 538 ming nafari frontda halok bo‘lgan.
Shavkat Mirziyoyev 1-may kuni Ikkinchi jahon urushi yillarida o‘zbekistonlik askar Boqijon Akramovning hayotini saqlab qolgan Buyuk Britaniya fuqarolari — marhum Jon va Fillis Emili Le Bretonni “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzolagan edi. 2026-yilda 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlarining har biriga 30 million so‘m miqdorida bir martalik pul mukofoti beriladi.
Daryo.uz
So‘nggi yangiliklar
Yangiliklar topilmadi.
Ovozli o'qish
Saytda ovozli o'qish imkoniyati mavjud, Matnni ovozli eshitish uchun matinni belgilang va paydo bolgan tugmani ustiga bosing