TikTok yana nishonda

Fransiya parlamentining tegishli komissiyasi rahbari, deputat Artur Delaport Parij prokuraturasiga “TikTok” ijtimoiy tarmog‘i ustidan shikoyat qildi. Uning fikricha, tuzilma ushbu tarmoq foydalanuvchilarining sog‘lig‘i va hayotini ataylab xavf ostiga qo‘ymoqda, degan xulosaga kelgan va shundan so‘ng u prokuraturaga murojaat qilishga majbur bo‘lgan.

Komissiya ijtimoiy tarmoqda o‘z joniga qasd qilish, hayvonlarga shafqatsiz munosabatda bo‘lish, shuningdek ekstremizm va ksenofobiya xususiyatiga ega materiallar tarqalishi asnosida Tik Tokning voyaga yetmaganlarga ruhiy ta’sirini o‘rganish uchun tuzilgan.

- Komissiya xulosasini inkor etib bo‘lmaydi, - degan siyosatchi "Franc-Info" radiosi efirida. - “TikTok” o‘z foydalanuvchilari sog‘lig‘i va hayotini ataylab xavf ostiga qo‘ygan. Shuning uchun prokuratura bilan bog‘lanishga qaror qildim.  Tarmoq rahbariyati qator “jinoiy huquqbuzarlik”ka yo‘l qo‘ygan. Shuningdek, xodimlar “yolg‘on guvohlik bergan”. Ya’ni, ular qonunni bilmayman, deya yolg‘on gapiradi.

Aprel oyida noib va sobiq Bosh vazir Gabriyel Attal internetga qaramlikka qarshi kurash bo‘yicha “radikal chora-tadbirlar” doirasida 15 yoshgacha bolalar uchun ijtimoiy tarmoqqa kirishni taqiqlash va tungi vaqtda o‘smirlar uchun cheklov qo‘yishni taklif qilgan edi. Internet-platformalar “jozibador”ligini susaytirish kerak. Masalan, 30 daqiqadan so‘ng interfeysni oq-qora rejimga o‘tkazish lozim, deb hisoblaydi deputat.

Iyun oyi boshida Prezident Emmanuel Makron agar Yevropa Ittifoqi muayyan taqiq qo‘ymasa, 15 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar ijtimoiy tarmoqdan foydalanishi taqiqlanishini aytgandi.

O‘z navbatida "TikTok" platformasi hukumatning ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilar sog‘lig‘iga xavf solayotgani haqidagi da’volarni qat’iyan rad etdi, deb yozdi “Francye-Press” agentligi.

S.Rahimov, O‘zA

Powered by GSpeech