Turkiya don shartnomasiga qaytish bo‘yicha harakatni davom ettiradi

Turkiya Ukraina inqirozini hal qilish, g‘alla bo‘yicha kelishuvni qayta boshlash uchun sa’y-harakatni davom ettiradi.

Bu haqda Prezident Rejep Tayyip Erdog‘an Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishida aytib o‘tdi. “TRT” telekanali uning so‘zlaridan quyidagi iqtibosni keltirgan:

- Biz don yo‘lagini adolatli sharoitda qayta ochishga harakat qilamiz. Bu barcha tomonlar umidiga mos keladi, shundagina dunyo adolatli ko‘rinish olishiga ishonamiz. Shuningdek, Ukraina mojarosini hal qilish yo‘lida amaliyotimizni faol davom ettiramiz.

Uning ta’kidlashicha, Turkiya “Ukrainadagi ziddiyatni to‘xtatish uchun harakat qilayotgan yagona davlat”.

“Tinchlik umidini so‘ndirmaslik uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilamiz”, deya qo‘shimcha qilgan davlat yetakchisi.

Avvalroq Erdog‘an sentyabr oyida Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan uchrashuvga umid qilayotgani bildirgan. Tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidan esa yaqin kunlarda hamkasbi bilan muzokara o‘tkazish uchun Moskvaga jo‘nab ketishini aytgan.

O‘zA

Powered by GSpeech