BMT Bosh qarorgohida “Yangi O‘zbekiston: Shavkat Mirziyoyev yo‘li” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Nyu-York shahrida joylashgan BMT Bosh qarorgohida bo‘lib o‘tgan “Yangi O‘zbekiston: Shavkat Mirziyoyev yo‘li” nomli kitobning taqdimotida BMT rahbariyati, xalqaro tashkilotlar va diplomatik korpus vakillari, fuqarolik jamiyati faollari hamda jurnalistlardan iborat 100 ga yaqin kishi qatnashdi.

Taqdimot davomida Yangi O‘zbekistondagi islohotlarning mazmun-mohiyati, ularning asosiy bosqichlari va ustuvor yo‘nalishlari haqida so‘z yuritildi.

Tadbir ishtirokchilari tomonidan O‘zbekistondagi islohotlar “siyosiy jasorat, strategik yondashuv va ijtimoiy yo‘naltirilganlik”ni birlashtirgan kompleks transformatsiya sifatida yuksak baholandi. Mamlakatimizdagi o‘zgarishlar barcha muhim sohalar — davlat boshqaruvi, sud-huquq tizimi, taʼlim, sog‘liqni saqlash va raqamli rivojlanishni qamrab olayotgani qayd etildi.

So‘zga chiqqan Birlashgan Millatlar Tashkiloti, qator xorijiy davlatlarning vakillari va jurnalistlar O‘zbekistonda yuz berayotgan keng ko‘lamli siyosiy va ijtimoiy islohotlarni eʼtirof etdi. Taʼkidlanganidek, ushbu ijobiy o‘zgarishlar nafaqat O‘zbekiston uchun, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasining barqaror rivojlanishi uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

 

O'zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Senati

Powered by GSpeech