Yaqin Sharqdagi mojaro: Eronda 450 dan ziyod bola va ayol halok bo‘lgan
Hozirgacha Eronda 214 bola, 240 ayol, jumladan ikki nafar homilador juvon AQSH va Isroil bilan mojaro qurboniga aylangan, deb yozdi “Kazinform” agentligi. Bu haqda Islom Respublikasi Qizil yarim oy jamiyati ma’lum qilgan.
Tashkilot ma’lumotiga ko‘ra, jangovar harakat boshlangandan buyon 102-marta hujum qayd etilgan va o‘n minglab fuqarolik tuzilmasiga zarar yetkazilgan.
Xususan, 80 000 dan ko‘p turar-joy binosi, 20 000 dan ortiq savdo maskani, 296 tibbiyot muassasasi, 600 ga yaqin ta’lim dargohi shikastlangan. Bundan tashqari, Qizil yarim oy jamiyatiga tegishli 18 inshoot shikastlangan, 17 kishi yaralangan, ikki kishi halok bo‘lgan.
Begunoh aholi orasidagi qurbonlar soni taxminan 21 000 ga yetdi. Ulardan 1731 nafarining ahvoli og‘ir, 4163 bemorning holati o‘rtacha. 93 000 dan ko‘p fuqarolik inshooti, jumladan Tehrondagi 31 562 turar-joy va tijorat binosi shikastlangan. 600 ga yaqin maktab zarar ko‘rgan.
Avvalroq Eron, Livan, Isroil va Kuvaytda harbiy harakat kuchayishi ortidan jami 2000 dan ortiq bola halok bo‘lgani yoki yaralangani xabar qilingan edi.
UNICEF ma’lumotiga ko‘ra, davom etayotgan urush fuqarolik infratuzilmasiga tinimsiz zarar yetkazmoqda: o‘nlab maktab va shifoxonaga ziyon yetgan. Oqibat – o‘g‘il-qizlar ta’lim va tibbiy yordam olishi imkoniyati cheklanmoqda. Jamg‘arma barcha nizo tomonlarini xalqaro qonunga rioya qilish, oddiy aholi himoyasini kafolatlashga chaqirmoqda.
G.Sattorova, O‘zA
Ўзбекча
English
Русский