Axborot xizmatlari faoliyatida mobilografiya imkoniyatlaridan to‘g‘ri foydalanish

AOKAda matbuot kotiblari va axborot xizmatlari xodimlari uchun media-texnika qulayliklari, ularni ish jarayonida samarali qo‘llash, kerakli va zarur mobil ilovalarni tanlash olish yuzasidan amaliy seminar-trening o‘tkazildi.

Seminar-treningda foto- va video tasvirga olishda, montaj ishlarida, shuningdek, tayyor kontentni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatishda e’tibor qaratish lozim bo‘lgan muhim jihatlar sanab o‘tildi.

Shuningdek, tobora rivojlanib borayotgan sun’iy intellekt inson mehnatini yengillatish bilan bir qatorda ish o‘rinlariga ham ta’sir ko‘rsatish ehtimollari muhokama qilindi.

Media texnika vositalaridan foydalanishda doimiy tajriba oshirish, yaratilayotgan ko‘plab va yangi imkoniyatlarni qo‘llay olish malakasini shakllantirish zarurligi ta’kidlandi.

Trening yakunida ishtirokchilar bilan bevosita jonli montaj ishlari amalga oshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi rasmiy kanali

Powered by GSpeech