Aholisi eng ko‘p davlatlarda ayollar va erkaklar nisbati qanday?

Dunyoda aholisi eng ko‘p 20 ta mamlakatdagi demografik tarkib tahlil qilindi. Ushbu davlatlar quyidagilar: Xitoy, Hindiston, AQSH, Indoneziya, Pokiston, Nigeriya, Braziliya, Bangladesh, Rossiya, Meksika, Yaponiya, Efiopiya, Kongo Demokratik Respublikasi, Misr, Vetnam, Eron, Turkiya, Germaniya va Tailand. Gender balans in the world’s largest countries, ma’lumotlariga ko‘ra, eng katta tafovut Rossiyada qayd etilgan. Ushbu mamlakatda ayollar aholining 63 foizini tashkil qiladi. Bu ko‘rsatkich erkaklardan 13 foizga yuqori.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 9 ta davlatda erkaklar son bo‘yicha yetakchilik qilmoqda, yana 9 tasida ayollar soni ko‘proq. Qolgan ikki mamlakatda nisbat mutanosib saqlanmoqda. 

Erkaklar ulushi eng yuqori mamlakat Hindiston bo‘lib, bu yerda aholining 55,8 foizi erkaklardir. Misr ikkinchi o‘rinda bo‘lib, mamlakat aholisining 55,3 foizi erkaklardan iborat. 

Ayollar soni ko‘pligi bo‘yicha Yaponiya Rossiyadan keyingi o‘rinda turibdi. Bu yerda aholining 55,5 foizi ayollardir. Indoneziya va Kongoda esa gender muvozanat teng holatda: har ikki jins aholining 50 foizini tashkil etadi. 

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu kabi demografik tafovutlar mamlakatlardagi iqtisodiy rivojlanish, ijtimoiy muhit va sog‘liqni saqlash tizimidagi farqlar bilan izohlanishi mumkin. 

Dildora DO‘SMATOVA

O‘zA

Powered by GSpeech