Rezolyutsiya keng qoʻllab-quvvatlandi: dunyoning turli mintaqalaridan 80 dan ortiq mamlakatlar, jumladan, Markaziy Osiyo davlatlari, Ozarbayjon, Rossiya, Braziliya, Avstriya, Germaniya, Finlyandiya, Portugaliya, Hindiston, Eron, Pokiston, BAA, Qatar va Bahrayn hammualliflar boʻldi.
Hujjat asosini Oʻzbekiston Prezidentining “Atrof-muhitni asrash va «yashil iqtisodiyot” yili» dasturi, “Yashil makon” umummilliy loyihasi va “Markaziy Osiyoning yashil belbogʻi” koʻchat ekish kampaniyasi kabi tashabbuslari tashkil etadi. Unda oʻrmonlarni koʻpaytirish va qayta tiklash boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish uchun kuch va resurslarni safarbar etish talab qilinib, davlatlar va tashkilotlarga tegishli chora-tadbirlarni kuchaytirish tavsiya etiladi.
Ushbu rezolyutsiyada Oʻzbekistonning global ekologik tashabbuslardagi roli ortib borayotgani, barqaror rivojlanish va atrof-muhitni muhofaza qilishga intilishi alohida taʼkidlangan.
Kun.uz