Bolalar va ehtiyojmand aholi qatlamlari uchun inklyuziv va qulay muhit yaratiladi

Poytaxtimizda BMT Bolalar jamg‘armasi (YUNISEF)ning 2026–2030-yillarga mo‘ljallangan yangi mamlakat dasturi doirasida hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qilishga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Qayd etish lozimki, YUNISEF O‘zbekiston hukumatini bolalarga nisbatan ekspluatatsiya, zo‘ravonlik, qarovsizlik, zararli amaliyotlar va zo‘ravonlikning oldini olish, ularga qarshi kurashni kuchaytirish uchun samarali va inklyuziv bolalarni himoya qilish tizimini yaratishda qo‘llab-quvvatlaydi.

Tadbir davomida yangi mamlakat dasturining asosiy maqsadlari taqdim etildi. Dastur 2026–2030-yillar davomida bolalar va ehtiyojmand aholi qatlamlari uchun inklyuziv va qulay muhit yaratishga qaratilgan. Muhokamalar jarayonida ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirish, nogironligi bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash, sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimini mustahkamlash, shuningdek, iqtisodiy islohotlarga ko‘maklashish kabi ustuvor yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi.

Soha vakillarining ta’kidlashicha, YUNISEFning 2026–2030-yillarga mo‘ljallangan yangi mamlakat dasturi O‘zbekiston Respublikasi hukumati bilan hamkorlikda ishlab chiqilmoqda.

Muhayyo Toshqorayeva,

O‘zA

Powered by GSpeech