So'nggi yillarda jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarida demokratik o'zgarishlarni amalga oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining roli va ahamiyatini, ijtimoiy faolligini oshirish bo'yicha sezilarli chora-tadbirlar ko'rildi.
NNT faoliyatining samaradorligini oshirishga qaratilgan 200 dan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinib, ularni har tomonlama qo'llab-quvvatlash uchun zarur institutsional baza yaratildi. Ayni vaqtda 20 ga yaqin qonun, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Hukumatning qarorlari soha rivojiga xizmat qilmoqda.
Xususan, davlatimiz rahbarining joriy yil 4 martdagi “2021-2025 yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to'g'risida”gi farmoni va ushbu hujjat asosida tasdiqlangan “yo'l xaritasida” jamoatchilik nazorati, davlat boshqaruvi va ijtimoiy loyihalarni amalga oshirishda fuqarolik jamiyati institutlarining ishtiroki darajasini oshirish masalasi ustuvor vazifa etib belgilangan.
Shu bilan birga, Harakatlar strategiyasida belgilab berilgan jamoatchilik boshqaruvi tizimini takomillashtirishda nafaqat davlat va ho'jalik boshqaruvi organlari shuningdek, “davlat + fuqarolik institutlari + tadbirkorlik sub'ektlari” tamoyili asosida uning bevosita tashabbusi bilan qator ijtimoiy ahamiyatli loyihalar ishlab chiqilib, amalga tadbiq etilayotir. Buning amaliy ifodasini “Iste'molchilar uyi” va “Iste'molchi kutubxonasi” loyihasi doirasida hududlarda iste'molchi kutubxonasi va iste'molchilar uyi qurib foydalanishga topshirilayotgani misolida ko'rish mumkin.
Aytish joizki, bugungi kunda loyiha doirasida 71 ta tuman va shaharda qurilish ishlari davom ettirilmoqda.Ushbu loyiha doirasida bugun Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumanida ham "Iste'molchilar uyi” ma'muriy binosi qurib foydalanishga topshirildi.
Ochilish marosimi bilan tashkil etilgan tadbirda zamonaviy uslubda qurilgan, o'ziga xos innovatsion yechimga ega “Iste'molchilar uyi” ma'muriy kompleksidan o'rin olgan “Iste'molchi kutubxonasi” fondidan mingdan ortiq kitoblarni o'zida jamlagan O'zbekiston Respublikasi qonunlari, siyosiy-iqtisodiy qo'llanmalar o'rin olgani, “Iste'molchi qabulxonasi”da esa iste'molchilarning ariza va murojaatlari qabul qilinishi qayd etildi.
Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o'rinbosari A.Saidov so'zga chiqdi va keyingi yillarda qabul qilingan qator me'yoriy-huquqiy hujjatlar mamlakatimizda fuqarolik jamiyati institutlarining erkin, barqaror va tizimli rivojlanishi uchun mustahkam zamin yaratganligini bildirib, Yangi O'zbekistondagi eng faol NNTlardan biri Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasi ekanligini ta'kidladi.
Tadbir yakunida “Iste'molchi kutubxonasi”ga 300 ga yaqin adabiyotlar topshirildi.
Manba: parliament.gov.uz
- Qo'shildi: 27.08.2021
- Ko'rishlar: 8301
- Chop etish