Ozon qatlami Yerni xavfli ultrabinafsha nurlanishdan himoya qiladi. XX asrda ozonni yemiruvchi moddalarning sanoatda keng qo'llanilishi tufayli u yemirila boshladi.
Olimlar 1970-yillardayoq bu masala yuzasidan xavotir bildira boshlashdi. 1987-yilda Monreal bayonnomasi imzolandi, u ozonni yemiruvchi moddalarning 99 foizini bosqichma-bosqich qisqartirishni talab qildi. Biroq, bu vaqtga kelib, ozon qatlami allaqachon katta zarar ko'rdi, Antarktida ustida katta teshik paydo bo'ldi.
Ozonni yemiruvchi moddalarning bosqichma-bosqich bekor qilish ijobiy ta'sir ko'rsatdi. Prognozlar shuni ko'rsatadiki, past kengliklarda ozonning tiklanishi 2040-yilgacha, Arktikada 2045-yilgacha va Antarktidada 2066-yilgacha kutilishi mumkin.
Olimlar global isishning ozonning tiklanishiga ta'sirini ham baholashdi. Ozon qatlami haroratining biroz pasayishi iqlim o'zgarishining yon ta'siri hisoblanadi. Bu Antarktida ustida ko'proq stratosfera bulutlari paydo bo'lishi mumkinligini anglatadi, bu esa tuynukning tiklanishini biroz kechiktiradi, deb yozadi The Daily Mail.
Olimlarning ta'kidlashicha, ushbu yutuqlarga qaramay, stratosferadagi ozon va ozonni yemiruvchi moddalarning qo'llanilishi diqqat bilan kuzatib borilishi kerak, deb xabar berdi mir24.tv.
“Yangi Oʻzbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati»