28 fevral kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi Yuridik klinikada Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi xodimlari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi. Tadbir “Inson huquqlari haftaligi” doirasida tashkil etildi.
Davra suhbatini Yuridik klinika rahbari Ziyodulla Ubaydullaev boshqardi.
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktorining birinchi o‘rinbosari M.Tillabaev Prezidentimizning yaqinda qabul qilingan “O‘zbekistonda Inson huquqlari sohasida Milliy ta’lim dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorining mazmun-mohiyati haqida so‘zladi. Shuningdek, mamlakatimizda inson huquqlari va yoshlar huquqlarini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan izchil hamda qamrovdor ishlar xususida atroflicha ma’lumot berdi.
Tadbir o‘zaro samimiy muloqot shaklida, ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Ishtirokchi talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.
Davra suhbati yakunida Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi bo‘lim boshlig‘i K.Olimova Milliy markaz tomonidan nashr etilgan inson huquqlariga oid 110 ta kitob hamda “Demokratlashtirish va inson huquqlari” jurnali yangi nashrlarini Yuridik klinika kutubxonasiga topshirdi.
Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
- Qo'shildi: 01.03.2023
- Ko'rishlar: 4152
- Chop etish