Parlament delegatsiyasi Ozarbayjondagi O‘zbekiston fani va madaniyati kunlarida ishtirok etmoqda

Shu kunlarda Ozarbayjon Respublikasida O‘zbekiston fani va madaniyati kunlari bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur tadbir doirasida joylarda qator uchrashuvlar, ko‘rgazmalar, davra suhbatlari o‘tkazilmoqda. Mazkur tadbirlarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari Akmal Saidov boshchiligidagi parlament delegatsiyasi ham ishtirok etmoqda.

Tashrif doirasida parlament delegatsiyasi Ozarbayjon Respublikasi Milliy Mejlisi raisi Sahiba Gafarova bilan uchrashdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston bilan Ozarbayjon o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik jadal rivojlanib borayotgani alohida ta’kidlandi.

S.Gafarova parlamentlararo hamkorlikni chuqurlashtirish yo‘lida amalga oshirilgan ishlar haqida to‘xtalib, qonun chiqaruvchi organlar o‘rtasidagi aloqalar, har ikki mamlakat parlamentlaridagi do‘stlik guruhlari faolligi yuqori ekanini yuqori baholadi.

Muloqotlar chog‘ida Akmal Saidov ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar izchil rivojlanib borayotganini ta’kidlab, parlamentlar o‘rtasidagi aloqalarni yanada rivojlantirish muhimligini qayd etdi.

Uchrashuv samimiy va do‘stona ruhda o‘tdi.

Parlament delegatsiyasining tashriflari davom etmoqda.

Oʼzbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi
Qonunchilik palatasi

Powered by GSpeech