Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 10-fevral kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikerining birinchi oʻrinbosari, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining direktori, yuridik fanlar doktori, akademik Akmal  Saidovning Xalqaro huquq fakulteti talabalari uchun “Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi asoslari” maxsus kursi doirasida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.

Mahorat darsi doirasida O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasining qabul qilinish jarayoni va bosqichlari, uning maqsadi va vazifalari, bo‘lajak huquqshunoslar uchun uning bugungi kundagi ahamiyati, boshqa davlatlarning konstitutsiyalaridan farqli jihatlari to‘g‘risida ishtirokchilarga tushuntirishlar berildi.

Shu bilan birga, yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi Yangi O‘zbekistonning huquqiy asosi sifatida davlat va jamiyat taraqqiyotining huquqiy mafkurasi, xalqimiz Yangi O‘zbekistonni bunyod etish yo‘lida tayanadigan konstitutsiyaviy qadriyat va tamoyillar, mamlakatimizda islohotlarni yanada jadal sur’atlar bilan davom ettirishning huquqiy asosi bo‘lib xizmat qilishi to‘g‘risida alohida to‘xtalib o‘tildi.

JIDUning rasmiy kanali

Powered by GSpeech