Ayrim vazirlik, idoralar va viloyat hokimliklarda nogironligi boʻlgan birorta odam ishga olinmagani tanqid qilindi

Yigʻilishda nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

Oʻzbekiston 2021-yilda Nogironligi boʻlgan shaxslar huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiyaga qoʻshilgani tarixiy voqea boʻldi va undagi majburiyatlarni bajarish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, viloyat va tuman hokimlari ushbu shaxslarga yordam berish, ularning uyushmalari va tashkilotlari bilan muloqot qilish, sharoit yaratish bilan yetarlicha shugʻullanamayotgani koʻrsatib oʻtildi.

Ayrim vazirlik, idoralar va viloyat hokimliklarda nogironligi boʻlgan birorta odam ishga olinmagani tanqid qilindi.

Nogironligi boʻlgan shaxslarni ishga olgan korxona va tashkilotlar uchun bir qator imtiyozlar yaratilgan. Lekin, 500 mingdan ortiq korxona va tashkilotning bor-yoʻgʻi 43 mingtasida nogironligi boʻlgan shaxslar ishlaydi.

"Maktablar, professional taʼlim muassasalarida sharoit yoʻqligi uchun 70 foiz ota-onalar nogironligi bor farzandlarini yashash joyidan uzoq maxsus maktab-internatiga joylashtirishga majbur.

— Aslida ota-onasi, doʻstlari va mahalladan uzoqlashish har qanday bola uchun katta psixologik zarba, — dedi Prezident.

“Yangi Oʻzbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati

Powered by GSpeech