29-sentyabr kuni Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori akademik Akmal Saidov tashrif buyurdi. Mehmonni Markaz direktori kutib oldi.

Muloqot chog‘ida yurtimizda diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar haqida so‘z bordi. Buyuk allomalarning boy ilmiy merosini chuqur o‘rganish va targ‘ib etish borasidagi sa’y-harakatlar xususida fikr almashildi.

Tashrif davomida mehmonga Markaz ilmiy faoliyati, xorijiy ilmiy muassasalar bilan hamkorlik aloqalari va amalga oshirilgan loyihalar haqida ma’lumot berilib, yaqinda nashr etilgan yangi kitoblar, ilmiy to‘plamlar va tarjima asarlar taqdim qilindi.

Akademik A. Saidov mazkur nashrlarning mazmun-mohiyatini yuqori baholab, ularning ilmiy ahamiyatiga alohida to‘xtaldi.
Suhbat asnosida Imom Buxoriy va boshqa mutafakkirlarning merosini xalqaro miqyosda targ‘ib qilish, yosh avlodni ma’naviy-axloqiy komillik ruhida tarbiyalash va zamonaviy ilmiy yondashuvlarni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida Akmal Saidov jamoaning kelgusi rejalari yuzasidan o‘z tavsiya va takliflarini bildirdi.
Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
