2022 yil 4 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi tomonidan an’anaviy fan soati doirasida o‘tkazilgan ilmiy uchrashuvda shu va ayni sohaning boshqa dolzarb masalalari haqida so‘z bordi. Tadbir Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, Sudyalar oliy maktabi, Toshkent davlat yuridik universiteti, Yuristlar malakasini oshirish markazi, Jamoat xavfsizligi universiteti va boshqa hamkorlar bilan birgalikda tashkil etildi.
Mazkur an’anaviy fan soatida professor-o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar, mustaqil izlanuvchilar va doktorantlar, shu jumladan, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining “12.00.10 – Xalqaro huquq”, “12.00.01 – Davlat va huquq nazariyasi va tarixi. Huquqiy ta’limotlar tarixi”, “12.00.13 – Inson huquqlari” ixtisosliklari bo‘yicha doktorant va mustaqil izlanuvchilari ishtirok etdi.
Onlayn va oflayn formatda o‘tkazilgan idoralararo uchrashuvda:
- ilmiy tadqiqot ishlariga qo‘yilgan talablar;
- ilmiy tadqiqotlarning sud va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirishdagi o‘rni;
- yuridik sohada ilmiy tadqiqot olib borishda zamonaviy nazariy qarashlarning ahamiyati;
- xorijiy mamlakatlarda ilmiy tadqiqot faoliyatini amalga oshirishning o‘ziga xos xususiyatlari atroflicha muhokama qilindi.
Angliyaning Manchester universiteti professori Kris Tornxil va Shvesiyaning Lund universiteti Huquq sotsiologiyasi instituti dotsenti, Huquq sotsiologiyasi sohasida falsafa fanlari doktori Rustamjon O‘rinboev ushbu ilmiy seminarning mehmonlari bo‘ldi.
Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
- Qo'shildi: 07.02.2022
- Ko'rishlar: 2782
- Chop etish