31 MAY – BUTUNJAHON CHEKISHGA QARSHI KURASHISH KUNI: SOG‘LIQ ENG KATTA BOYLIK

Butunjahon  tamakisiz yashash kuni bayrami 1988 yil dan buyon, Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining 42-sessiyasida e’lon qilingan edi.  Chunki aynan mazkur tashkilot havola qilgan ma’lumotlarga ko‘ra, tamaki 25 dan ziyod turli xil kasalliklarni keltirib chiqarib (har yili 7– 8million  fuqarolarning  hayotiga  zomin bo‘lar ekan.

Butun insoniyatga ma’lumki, tamaki mahsulotlarining barcha turlari inson  organizmiga  zararli va tamaki ta’sirining xavfsiz darajasi yo‘q. Sigaret chekish butun dunyo bo‘ylab tamaki iste’mol qilishning eng keng tarqalgan shakli hisoblanadi.

Dunyo  miqyosida  1,3 milliard  tamaki iste’molchisining 80 foizidan  ortig‘i tamaki  bilan bog‘liq kasalliklari va o‘lim darajasi yuqori bo‘lgan past va o‘rta daromadli mamlakatlarda yashaydi. Tamaki iste’moli uy xo‘jaliklari xarajatlarini oziq-ovqat va boshpana kabi asosiy ehtiyojlardan tamakiga yo‘naltirish orqali qashshoqlikka hissa qo‘shadi.

Boshqa tamaki mahsulotlariga suv quvurli tamaki, turli xil tutunsiz tamaki mahsulotlari, sigaretalar, sigarillolar, o‘z qo‘llaringiz bilan tayyorlangan tamaki, quvurli tamaki, bidis va kreteks kiradi.

Suv quvuridan tamaki iste’mol qilish sigaretani iste’mol qilish kabi sog‘likka zarar keltiradi. Biroq, suv quvurlari tamaki iste’molining sog‘liq uchun xavfliligi ko‘pincha foydalanuvchilar tomonidan kam tushuniladi.

Tutunsiz tamaki iste’moli juda sog‘liq uchun zararli. Tutunsiz tamaki tarkibida saraton kasalligini keltirib chiqaradigan ko‘plab toksinlar mavjud va uni qo‘llash bosh, bo‘yin, tomoq, qizilo‘ngach va og‘iz bo‘shlig‘i saratoni (jumladan, og‘iz, til, lab va milk saratoni) hamda turli tish kasalliklari xavfini oshiradi.

Shu bilan birga bolalarning deyarli yarmi jamoat joylarida muntazam ravishda tamaki tutuni bilan ifloslangan havodan nafas oladi va har yili 65 000 nafari tutqich tutuni bilan bog‘liq kasalliklardan vafot yetadi.

Mamlakatimizda ham insonlar salomatligini muhofaza qilish, mustahkamlash borasidagi bir qator dasturiy vazifalar  ijrosi doirasida odamzot sog‘ligiga ziyon  yetkazuvchi tamaki va tamaki mahsulotlariga qarshi kurashish borasida bir qancha chora-tadbirlarva qonunlar  ishlab  chiqilgan.   O‘zbekiston qonunchiligiga ko‘ra jamoat joylarida tamaki chekish mumkin emas. Bu to‘g‘risidagi qonun dastlab 2011 yilda qabul qilingan, ammo maxsus jazo choralari belgilab qo‘yilmagan edi. 2016 yildan bu muammo bartaraf etilib jamoat joylarda tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish uchun jarima miqdori eng kam ish haqining uchdan bir qismigacha belgilandi.

Biroq ish joylarida, sog‘liqni saqlash, ta’lim va sog‘lomlashtirish muassasalarida, yong‘in xavfi kuchli joylar va boshqa jamoat joylarida sigaret chekib turuvchilarni ko‘p uchratishimiz mumkin.

Ammo so‘nggi yillarda yurtimizda  jamoat joylarida chekishni 100 foiz taqiqlashga erishishni rejalashtirmoqda. Sog‘likni saqlash vazirligi mutasaddilarining bergan  ma’lumotlariga ko‘ra, 2030 yilgacha Barqaror rivojlanish milliy maqsadlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi Prezident qarori loyihasiga to‘rtta muhim maqsad kiritilgan: to‘rtta asosiy noinfeksion kasallikdan bevaqt o‘lim darajasini uchdan bir qismga, tamaki iste’moli darajasini 10 foizga pasaytirish, 100 foiz jamoat joylarida tamaki chekishni to‘liq taqiqlashga erishish va JSSTning tamakiga qarshi Doiraviy konvensiyasini samarali joriy etish.

JSSTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi nosvoy ishlab chiqarilishi va tarqalishini taqiqlash bo‘yicha choralarni kuchaytirishni ham taklif qildi.  Tamaki iste’moli yurakning ishemik kasalliklari, insult va periferik tomir kasalliklarining rivojlanish xavfini keltirib chiqaruvchi muhim omillardan biri hisoblanadi.

Keling yaxshisi chekishning zararlari haqida  bir ikki oddiy misollarni keltirib o‘tsak:

O‘pka rakini 90 foiz holatda keltirib chiqaradi. Surunkali o‘pka kasalliklarini 75 foiz holatda keltirib chiqaradi. Yurak-qon tomir kasalligini 25 foiz holatda keltirib chiqaradi.

Tamaki tarkibidagi smola organizmga og‘iz bo‘shlig‘idayoq zarar berib boshlaydi. Og‘izdan noxush is keladi, tishlari sarg‘ayadi, qon tomirlari torayishi xisobiga yuqori nafas yo‘llari kasalliklari ko‘p kuzatiladi, og‘iz bo‘shlig‘i rakini keltirib chiqarishi mumkin. Tutun o‘pkaga yetib borgach o‘pka to‘qimalari dud smola bilan qoplanadi, chekuvchi kishida tinimsiz balg‘amli yo‘tal paydo bo‘ladi. Chekuvchi  kishida surunkali obstruktiv bronxit kuzatiladi. Bu kasallik zo‘rayib oxir oqibatda rakka aylanadi. Chunki tamaki smolasi tarkibida onkologik kasalliklar chaqiruvchi kanserogen moddalar mavjud. Tamaki chekish boshqa tizimlargayam nojo‘ya ta’sir ko‘rsatadi. Oshqozon va ichak yarasi, bosh miya va yurak qon tomirlari aterosklerozi, qon bosimi oshishi, yurak ishemiya kasalligi kabi kasalliklarni keltirib chiqaradi. Chunki ateroskleroz, ya’ni qon tomirlari torayishi hisobiga hayot uchun muhim bo‘lgan a’zolarda qon aylanishi yillar davomida yomonlashadi.

Xullas, bugun Xalqaro tamakisiz yashash kuni. Tamakisiz yashash kunlik amaliyotingizga aylansa, balki hayotimiz yanada farovon, tanu-jonimiz sog‘, umrimiz uzun, oilamiz tinch bo‘larmidi?

 

Suhrob Bozorov,

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi

Milliy markazi

Inson huquqlari sohasidagi

xalqaro shartnomalarni implementatsiya qilish bo‘limi yetakchi mutaxassisi

Powered by GSpeech