Yangi O‘zbekiston – xorijliklar nigohida

«PREZIDENT SHAVKAT MIRZIYOEV MARKAZIY OSIYODA YAXSHI QO‘SHNICHIAIK MUNOSABATLARINING TASHABBUSKORI VA ME’MORIDIR»

Raxmon O‘LMASOV,

Rossiya — Tojikiston universiteti professori:

— Bundan 566 yil avval XV asrning eng buyuk shoirlari — Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiy ilk bor uchrashib, ularning muloqoti abadiy do‘stlikka aylangan edi. Keyinchalik Sadriddin Ayniy va Hamza Hakimzoda Niyoziy, G‘afur G‘ulom va Mirzo Tursunzoda, Loyiq Sherali va Zulfiya, Mo‘min Qanoat va Erkin Vohidov kabi zabardast ziyolilar ijodiy aloqalarini davom ettirdilar. Bularning barchasi o‘zbek hamda tojik xalqlarining tarixiy yaqinligining yorqin ifodasidir.

O‘zbekiston va Tojikiston Prezidentlari Shavkat Mirziyoev va Emomali Rahmon ikki qardosh xalqning buyuk an’analarini davom ettirmoqda. Mamlakatlarimiz rahbarlarining siyosiy irodasi hamda donoligi tufayli so‘nggi yillarda O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi munosabatlarda mutlaqo yangi davr boshlandi. Barcha sohada do‘stlik va hamkorlik ruhiyati kezmokda.

Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida o‘zaro hamkorligimizda chinakam yangilanishlar kuzatilyapti. Xususan, so‘nggi besh yilda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 37 barobar oshdi. Chegara o‘tkazish punktlari ochildi, shaharlar o‘rtasida avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yildi, hududlararo aloqalar mustahkamlanmoqda. Prezident Emomali Rahmon O‘zbekiston hududi orqali tranzit o‘tadigan O‘zbekiston avtobuslari va yengil avtomobillarning Tojikiston hududiga kirishi hamda o‘tishi uchun boj to‘lashdan ozod qilish to‘g‘risida qarorni imzoladi. O‘zbekistonda Tojikiston kapitali ishtirokida 240 ga yaqin korxonalar faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lsa, mamlakatimizda 60 dan ortiq O‘zbekiston kompaniyalari hamda 30 ta qo‘shma korxona faoliyat yuritayotir.

O‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladigan boshqa sohalar ham bor. Jumladan, o‘zbekistonlik hamkasblarimiz migratsiya bo‘yicha mavjud masalalarni kreativ usullar bilan hal etishga olg‘a intilmoqda. Ishonchim komil, Markaziy Osiyodagi barcha davlatlar migratsiya sohasida hamkorlikdagi siyosatni olib borishi mumkin.

Viktor KIM,

Tojikiston Milliy fanlar akademiyasi Osiyo va Yevropa mamlakatlari instituti ilmiy xodimi:

— Bugun Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikning ijobiy sur’atda mustahqamlanayotgani O‘zbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoev tashabbusi ostida boshlangan tub yangilanishlar bilan uzviy bog`liq.

O‘zbekistonda Shavkat Mirziyoev rahbarligida yaxshi qo‘shnichilik va o‘zaro ishonch tamoyillariga asoslangan tashqi siyosat yuritilayotir. Bu Tojikiston bilan aloqalarda ham ko‘zga yaqqol tashlanmoqda. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2018 yil mart oyida Tojikiston Respublikasiga amalga oshirgan davlat tashrifi chinakam tarixiy voqea bo‘ldi. Muzokaralar yakunida umumiy kun tartibidagi, xususan, chegara, viza, transport, suv-energetika, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi masalalar o‘z yechimini topgani ma’lum qilindi.

O‘sha yilning avgust oyida Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan keldi. Muzokaralar mobaynida avval erishilgan kelishuvlar mustahkamlandi, davlatlararo aloqalarni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘targan Strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2021 yil iyun oyida Tojikistonga amalga oshirgan rasmiy tashrifi va uning yakunlariga oid imzolangan salmoqli hujjatlar to‘plami mamlakatlarimiz hamda qardosh xalqlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli munosabatlarni har tomonlama hamda izchil rivojlantirish, ko‘p qirrali hamkorlikni yanada chuqurlashtirish bo‘yicha aniq natijalarga erishish yo‘lida mustahkam zamin yaratdi.

Go‘zal MAITDINOVA,

Geosiyosiy tadqiqotlar markazi direktori:

— O‘zbekiston — Tojikiston munosabatlari bugungi kunda o‘z taraqqiyotining yuqori cho‘qqisiga chiqdi. Fikrimcha, mamlakatlarimizning eng muhim yutug‘i chegara muammolarining hal qilinishi bo‘ldi. Bu, o‘z navbatida, suv va energetika sohasidagi kelishmovchiliklarning ham bartaraf etilishiga xizmat qilldi. Ushbu yo‘nalishdagi muzokaralar jarayonida erishilgan muvaffaqiyatlar Markaziy Osiyo diplomatiyasi tarixida davlatlararo masalalarni tinch yo‘l bilan, o‘zaro manfaatli tarzda hal qillish bo‘yicha misli ko‘rilmagan ijobiy voqea bo‘ldi, desak, yanglishmagan bo‘lamiz.

O‘zaro hamkorligimiz yanada chuqurlashib borayotganining yana bir yorqin misoli sifatida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2021 yili Tojikistonga rasmiy tashrifi chog‘ida qo‘shma investitsiya kompaniyasi tashkil etish to‘g‘risida imzolangan bitimni ko‘rsatish mumkin. Mazkur kompaniya Tojikistonda qo‘shma loyihalarni moliyalashtirish bilan shug‘ullanadi.

Hozirgi kunda Tojikistonda 2030 yilgacha Milliy rivojlanish strategiyasi hayotga tatbiq etilmoqda, O‘zbekiston esa 2022 — 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini amalga oshirishga kirishdi. Hech shubxasiz, ikki davlat strategik rejalarining muvaffaqiyatli amalga oshirilishi butun Markaziy Osiyoning barqarorligi va ravnaqiga xizmat qiladi.

Toshkent va Dushanbe mintaqaviy hamda umumbashariy darajadagi sa’y-harakatlarini samarali muvofiqlashtirib, xalqaro institutlar doirasida bir-birini qo‘llab quvvatlamoqdalar. Tojikiston tomoni O‘zbekiston rahbarining Markaziy Osiyoda hamkorlikni mustahkamlash borasidagi tashabbuslarini yuksak qadrlaydi. Shuningdek, O`zbekiston tomonining Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarning 2022 — 2027 yillarga mo‘ljallangan uzoq muddatli yaxshi qo‘shnichilik, do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomani amalga oshirish bo‘yicha Kompleks rejani ishlab chiqish hamda qabul qilish to‘g‘risidagi taklifini ham olqishlaymiz.

Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati.

Powered by GSpeech