Yangi O‘zbekiston – xorijliklar nigohida

MARKAZIY OSIYO DAVLATLARI RAHBARLARI O'RTASIDAGI O’ZARO ISHONCH MINTAQA MAMLAKATLARI IQTISODIY TARAQQIYOTIGA XIZMAT QILADI

 

Kecha Qirg‘izistonning Cho‘lponota shaxrida Markaziy Osiyo davlatlari raxbarlarining to‘rtinchi Maslaxat uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Sammitda davlat raxbarlari mintaqaviy xavfsizlikka oid zamonaviy taxdiddarga birgalikda javob berishda aloqalarni mustaxkamlash, barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash maqsadida mintaqaviy xamkorlikni kengaytirish, Markaziy Osiyo davlatlarining faol madaniy-gumanitar almashinuvini davom ettirish masalalarini muxokama qildilar.

O’zbekiston Prezidenti sammitdagi nutqida bunday formatdagi muntazam muloqotlar samarasida do‘stlik va yaxshi qo’shnichilik munosabatlari mustaxkamlanayotganini ta’kidlab, Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikning mutlaqo yangi, konstruktiv muxitini yaratishga oid o‘ta dolzarb tashabbuslarni ilgari surdi.

Davlatimiz rahbarining Markaziy Osiy davlatlari raxbarlari Maslahat uchrashuvidagi ishtiroki va mintaqaviy hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qiladigan muxim takliflari xorijiy ekspertlar va siyosatchilar tomonidan ham faol qo‘llab-quvvatlanmoqda.

  

Sanjay Kumar PANDEY,

Hindistonning Javaharlal Neru universiteti Rossiya va Markaziy Osiyo davlatlarini o‘rganish markazi professori:

— Butun dunyoda keskinlik va raqobat ortib borayotgan taxdikali bir vaqtda Cho‘lponota shaxrida Markaziy Osiyo davlat raxbarlarining to‘rtinchi Maslaxat uchrashuvining tashkil etilishi har doimgidan xam dolzarb axamiyatga ega.

Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlarining izchil taraqqiyoti, axoli xayot darajasining muntazam o‘sib borayotgani ushbu mamlakatlar iqtisodiyotining rivoji bilan bevosita bog‘liq. Maslaxat uchrashuvida Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan mintaqa uchun xayotiy muxim tashabbuslar, xususan, savdo-iqtisodiy soxadagi xamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha takliflar xayotga izchil tatbiq etiladi va o‘zining amaliy natijalarini ko‘rsatadi, deb xisoblayman.

Barchamizga ma’lum, O‘zbekiston raxbariyati tomonidan qo’shni davlatlar, Markaziy Osiyo mamlakatlari xamda mintaqadan tashqaridagi davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro do‘stlik aloqalarini rivojlantirish borasida qator takliflar ishlab chiqildi, ularning aksariyati xalqaro xamkorlar va jaxon xamjamiyati tomonidan xar tomonlama qo‘llab-quvvatlanmoqda. Xususan, 2021 yil 15-16 iyul kunlari Toshkent shaxrida bo‘lib o‘tgan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqliq Taxdidlar va imkoniyatlar” mavzuidagi xalqaro konferensiya natijalari ikki qo‘shni mintaqa o‘rtasidagi barcha soxadagi mavjud ulkan saloxiyatni yaqqol ko‘rsatdi. Bundan bir necha kun avval BMT Bosh Assambleyasining Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni mustaxkamlash to‘g‘risidagi maxsus rezolyusiyaning qabul qilingani aloxida diqqatga sazovor.

Bu borada Markaziy Osiyo davlat raxbarlari Maslaxat uchrashuvida o‘rtaga tashlangan Janubiy va Sharqiy Osiyo mamlakatlariga, xususan, Hindiston bozoriga chiqish uchun muqobil transport yo‘laklarini rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish taklifini to‘liq qo‘llab-quvvatlayman. O‘ylaymanki, ushbu dolzarb tashabbusning xayotga tatbiq etilishi barcha tomon uchun birdek muxim va Janubiy Osiyo mintaqasi davlatlari tomonidan xam qo‘llab-quvvatlanadi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning bevosita tashabbusi bilan bundan 4 yil avval shakllangan Markaziy Osiyo davlat raxbarlari Maslaxat uchrashuvi bugungi kunda mintaqadagi yagona va muxim muloqot platformasiga aylandi. Mazkur muloqot formatining samarali faoliyati va amaliy axamiyati dunyoning turli mintaqalaridagi ko‘plab davlatlar uchun namuna xisoblanadi, deb bilaman.

Ksenofont LAMBRAKIS,

Gretsiya — Yevroosiyo alyansi prezidenti, O‘zbekistonning faxriy konsuli:

— Men O‘zbekistonda tug‘ilib o‘sganman va Markaziy Osiyo mintaqasi xalqlari o‘rtasida madaniyat, ta’lim, turizm, sport va boshqa soxalarda aloqalarni rivojlantirish va mustaxkamlash naqadar muxim ekanini yaxshi tushunaman.

Sammitni ana shunday ochiq shaklda o‘tkazish tashabbusi Prezident Shavkat Mirziyoyevga tegishli ekanidan faxrlanamiz xamda uni ushbu muxim va zarur an’ana asoschisi, deb bilamiz.

Men ushbu sammitni olqishlayman, chunki unda ko‘plab dolzarb masalalar qatorida, jumladan, yoshlar, madaniyat, sport va boshqa muxim soxalardagi xamkorlik istiqbollari muxokama qilinadi. Yoshlar — kelajagimiz, O‘zbekistonda mamlakatning jadal rivojlanish jarayonida yosh avlod vakillariga aloxida e’tibor qaratilmoqda.

Men, Gretsiya — Yevroosiyo alyansi prezidenti sifatida ushbu soxalarning barchasida “xalq diplomatiyasi” orqali Gretsiya, Yevropa va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi do‘stlik va xamkorlikni mustaxkamlashga ko‘maklashish, O‘zbekiston tomonidan ilgari surilgan tashabbuslarni targ‘ib qilish va xar tomonlama qo‘llab-quvvatlash tarafdoriman.

Xose Ventura BALLESTER,

Ispaniyaning Strategik va xalqaro tadqiqotlar jamg‘armasi xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i:

— Ushbu sammit Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi aloqalarni yanada rivojlantirish va mustaxkamlash uchun muxim platformadir.

Shu bilan birga, Maslaxat uchrashuvida Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan mintaqaviy doirada amaliy xamkorlikni kengaytirish bo‘yicha ilgari surilgan tashabbuslar ayni paytda juda dolzarb va amaliy ekanini aloxida ta’kidlashni muxim, deb bilaman.

O‘zbekiston so‘nggi besh yilda MDH xamda Markaziy va Janubiy Osiyo yo‘nalishlaridagi sa’y-xarakatlarini sezilarli darajada faollashtirdi. Buni 2021 yil 15-16 iyul kunlari Toshkent shaxrida bo‘lib o‘tgan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqliq Taxdidlar va imkoniyatlar” mavzuidagi xalqaro konferensiya va joriy yil 25-26 iyul kunlari bo‘lib o‘tadigan Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent konferensiyasi singari global tadbirlar xam tasdiqlaydi.

Bundan tashqari, keyingi yillarda O‘zbekistonning xalqaro tuzilmalardagi ishtirokini kengaytirish tendensiyasi mamlakatning mintaqaviy tuzilmalardagi mavqeini xam mustaxkamlashga yaxshi turtki bermoqda.

Maslaxat uchrashuvida O‘zbekiston Prezidenti tomonidan ilgari surilgan tashabbuslarga to‘xtaladigan bo‘lsak, maxalliylashtirish va import o‘rnini bosish bo‘yicha Markaziy Osiyo makonini yaratish kabi muxim taklifni qayd etishni o‘rinli, deb xisoblayman. Bu shubxasiz, mintaqalararo savdo tezligi va eksport xajmini oshirishga kuchli turtki beradi.

O‘zbekiston yetakchisi yana bir muhim jixat — Afg‘oniston bilan savdo aloqalarini faol rivojlantirish, uni mintaqaviy iqtisodiy jarayonlarga jalb etish, insonparvarlik yordami ko‘lamini kengaytirish, muxim ijtimoiy va infratuzilmaviy loyixalarni ilgari surishga yana bir karra aloxida e’tibor qaratgani e’tirofga molikdir.

Anna VOLXATT,

“Berliner Telegraph” jurnalining Sharqiy Yevropa, Kavkaz va Markaziy Osiyo bo‘yicha iqtisodiy eksperti va sharhlovchisi (Germaniya):

— So‘nggi paytlarda bunday mazmun va shakldagi sammitlarning muntazam o‘tkazilayotganini faqat olqishlash mumkin. Zero, Markaziy Osiyo katta geostrategik va geoiqtisodiy axamiyatli, 74 milliondan ortiq axoliga ega mintaqadir. Mintaqa davlatlarining tarixi va madaniyati, iqtisodiyoti va infratuzilmasi bir-biri bilan chambarchas bog‘liq.

O‘zbekiston raxbari Shavkat Mirziyoyev lavozimga kirishganidan bir yil o‘tib, 2017 yilda Markaziy Osiyo davlatlari raxbarlarining shunday mazmundagi Maslaxat uchrashuvlarini muntazam asosda o‘tkazish tashabbusi bilan chiqqan edi. U O‘zbekistonning asosiy maqsadi Markaziy Osiyoni barqaror, iqtisodiy rivojlangan va farovon mintaqaga aylantirish ekanini, bunga faqat birgalikdagi sa’y-xarakatlar bilan erishish mumkinligini qayta-qayta ta’kidlaydi. O‘zbekiston raxbarining tashabbusi keng qo‘llab-quvvatlandi va amaliyotga jadal tatbiq etilmoqda.

Navbatdagi Maslaxat uchrashuvida Prezident Shavkat Mirziyoyev tovar yetkazib berishning qoidalari birxillashtirilgan va tartib-taomillari soddalashtirilgan chegara xududlarida savdo zonalari tizimini yaratish, shuningdek, sanoatni rivojlantirish milliy dasturlari asosida Markaziy Osiyoda maxalliylashtirish va import o‘rnini bosish makonini shakllantirish bo‘yicha umumiy yondashuvlarni ishlab chiqish zarurligini ta’kidladi.

Mintaqa noyob saloxiyatga ega. Yangi voqeliklar mintaqada iqtisodiy xamkorlikning yangi modelini yaratish bo‘yicha qat’iy qadamlar qo‘yishni talab qilmoqda, Markaziy Osiyo davlatlari, asosan, bir- birini to‘ldiradigan iqtisodiyotlarga ega, yangi “o‘sish nuqtalari” va rivojlanish mexanizmlarini birgalikda izlash barcha uchun ustuvor vazifa va imkoniyatdir.

Xaynrix TSERTIK,

“Internationale Landliche Entwicklung e.V.” tashkiloti boshqaruvi raisi, Germaniya Bundestagining sobiq a’zosi:

— O‘zbekistonning siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini katta qiziqish bilan kuzatib boryapmiz. Germaniya — O‘zbekiston munosabatlari barqaror ijobiy tendensiyani namoyon etayotgani quvonarli. Mamlakatlarimiz xukumatlarining turli soxalardagi ikki tomonlama aloqalarni yanada mustaxkamlash va rivojlantirishga o‘zaro intilishlarini xis qilish mumkin. Hammasi yangi O‘zbekistonning isloxotlar siyosati tufaylidir.

Mamlakatda inson manfaatlari uchun amalga oshirilayotgan jadal isloxotlar samaralari, xususan, bolalar mexnatidan foydalanish va majburiy mexnatga barxam berilgani, shuningdek, odam savdosiga qarshi kurashish tizimi yanada takomillashtirilayotgani O‘zbekiston yangilanish yo‘lidan dadil borayotganidan dalolat beradi.

O‘zbekistonning mintaqaviy va xalqaro xamkorlikni mustaxkamlash borasidagi sa’y-xarakatlarini olqishlaymiz. Markaziy Osiyo davlatlari va xalqlari xamkorligining keng ko‘lami mavjud. Bu jixat o‘zaro manfaatli iqtisodiy aloqalar rivojlanishiga yordam beradi va tashqi iqtisodiy zarbalarga chidamlilikni oshiradi.

O‘zbekiston raxbari mintaqaviy xamkorlikni chuqurlashtirishda qat’iy xarakat qilmoqda. Cho‘lponota shaxrida bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo davlatlari raxbarlarining navbatdagi Maslaxat uchrashuvida Shavkat Mirziyoyev tomonidan e’lon qilingan yangi muxim tashabbuslar fikrimiz tasdig‘idir.

Bu tashabbuslar qo‘shni davlatlar raxbarlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda, mintaqada yanada integratsiyalashuv va iqtisodiy yuksalish jarayonlariga xizmat qilmoqda. Bu tashabbuslar, shuningdek, Yevropa Ittifoqi manfaatlariga to‘liq javob beradi, chunki barqaror va farovon Markaziy Osiyo Yevropa xamjamiyati uchun muhimdir.

Fariza SHOM,

Malayziya Islom sivilizatsiyasi instituti direktori:

— O‘zbekiston Prezidentining qo‘shnilar bilan munosabatlarni rivojlantirish bo‘yicha o‘ta pragmatik strategiyasi Markaziy Osiyo davlatlari integratsiyasi uchun mustaxkam poydevor yaratdi va u o‘z samarasini bera boshladi. Buni Cho‘lponota shaxrida o‘tkazilgan navbatdagi yuqori darajadagi sammit yakunlari xam tasdiqlamoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning sammit chog‘ida ilgari surgan tashabbuslari, jumladan, o‘zaro savdoni rag‘batlantirishning yangi shakl va mexanizmlarini joriy qilish, maxsus chegara savdo zonalarini tashkil etish, jaxon bozorlariga chiqish uchun muqobil transport yo‘laklarini rag‘batlantirish, o‘zaro savdo-sotiqni qo‘llab-quvvatlashning yangi shakllari va mexanizmlarini joriy etish, sanoatni rivojlantirish milliy dasturlari asosida Markaziy Osiyoda maxalliylashtirish va import o‘rnini bosish makonini shakllantirish bo‘yicha umumiy yondashuvlarni ishlab chiqish butun dunyo bo‘ylab narxlar keskin oshib borayotgan va oziq-ovqat taqchilligi kuzatilayotgan xozirgi sharoitda juda muhim va dolzarb xisoblanadi.

Ishonchim komilki, Markaziy Osiyoda kuzatilayotgan qulay siyosiy muxit va davlat raxbarlari o‘rtasidagi o‘zaro ishonch mintaqa mamlakatlari iqtisodiy taraqqiyoti xamda xalqlar farovonligini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.

Riven D’SUZA,

Kuvaytning “Tayms Kuveyt” gazetasi ijrochi direktori — bosh muharriri:

— Ta’kidlash joizki, Prezident Shavkat Mirziyoyev 2017 yil sentyabr oyida BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi nutqida bildirilgan Markaziy Osiyo davlatlari raxbarlarining Maslaxat uchrashuvlarini muntazam o‘tkazish tashabbusi mintaqaning barcha mamlakatlari tomonidan xar tomonlama qo’llab-quvvatlandi. Bugun esa bu format o‘zaro manfaatli xamkorlikning samarali mintaqaviy mexanizmiga aylandi. Xususan, Cho‘lponota shaxrida bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo davlatlari raxbarlarining navbatdagi uchrashuvi yakunlari shundan dalolat beradi.

Markaziy Osiyo davlatlarining xamjixatlikdagi sa’y-xarakatlari samarasi­da keyingi yillarda mintaqada integratsiya, siyosiy ishonch, konstruktiv xamkorlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari mustaxkamlanib bormoqda.

O‘zbekiston Prezidenti Cho‘lponota shaxrida so‘zlagan nutqida do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini yanada rivojlantirish, mintaqada mutlaqo yangi konstruktiv xamkorlik muxitini yaratish bo‘yicha yana bir bor aniq takliflar bildirdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev, birinchi navbatda, savdo-iqtisodiy xamkorlikni, xususan, o‘zaro savdoni rag‘batlantirishning yangi shakl va mexanizmlarini joriy etish, qo‘shma sanoat kooperatsiyasi loyixalarini ilgari surish, mintaqaviy sarmoyaviy jozibadorlikni oshirish orqali kengaytirish zarurligiga e’tibor qaratdi.

Mintaqada va butun dunyoda yuzaga kelgan xozirgi murakkab vaziyatda O‘zbekiston Prezidentining xavfsizlik soxasida mintaqaviy xamkorlikni mustaxkamlash, shuningdek, Afg‘onistonda uzoq muddatli tinchlik va uning barqarorligini ta’minlashga ko‘maklashish borasidagi sheriklikni davom ettirish bo‘yicha tashabbuslari muxim axamiyat kasb etmoqda.

O‘zbekiston Prezidentining barcha tashabbuslari Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida tinchlik va do‘stona muxit yaratishga qaratilgan. Mintaqaviy integratsiyani mustaxkamlashga xizmat qilayotgan mintaqa davlatlari o‘rtasidagi yaqin xamkorlik va muntazam maslaxatlashuvlar bugungi kunda global geosiyosiy beqarorlik, kuchayib borayotgan taxdidlar nuqtai nazaridan xam juda muxim, deb xisoblayman.

«Dunyo» AA.

Powered by GSpeech