Ayni paytda Samarqandda “Inson huquqlari sohasida ta’lim” mavzusida yuqori darajadagi Global forum bo‘lib o‘tmoqda.
Anjumanda ishtirok etayotgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Qochoqlar masalasi bo‘yicha boshqarmasining Markaziy Osiyo bo‘yicha vakolatxonasi katta xodimi Frank Remus O‘zA muxbiriga intervyu berdi.
– Qochqinlar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar muammosini hal etish ustuvor vazifa hisoblanadi. Biz qochqinlar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar masalalari bo‘yicha tavsiyalar tayyorlash va ularni Deklaratsiyaga kiritishni rejalashtiryapmiz.
Bilamiz, O‘zbekiston hukumatining sa’y-harakati tufayli bu yerda 70 mingga yaqin kishi fuqarolikni olgan. Bu borada yaqindan ishlashda davom etamiz. Yaqin kelajakda O‘zbekistonda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar qolmasligiga ishonchim komil.
Yoshlar tarbiyasi O‘zbekistonni yanada rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadamdir. Shu bois nafaqat ta’lim, balki boshqa sohalarda ham mintaqaviy hamkorlikni oshirish zarur.
Behruz Xudoyberdiyev, O‘zA
- Qo'shildi: 06.12.2022
- Ko'rishlar: 4756
- Chop etish