Qozog‘istonda o‘tkazilgan mehnat migratsiyasiga oid tadbirda Milliy markaz vakili ishtirok etdi

Joriy yil 14 dekabr kuni Qozog‘istonning Almati shahrida bo‘lib o‘tgan Mehnat migratsiyasi sohasidagi mintaqaviy muvofiqlashtirish mexanizmi yig‘ilishida O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirok etdi. Mamlakatimiz delegatsiyasi tarkibida Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi Axborot-resurs multimedia bo‘limi boshlig‘i K.Olimova ham ushbu tadbirda qatnashdi.

Mintaqaviy muvofiqlashtirish mexanizmi yig‘ilishida mehnat migratsiyasi sohasida Shveysariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi tomonidan moliyalashtirilgan “Markaziy Osiyoda mehnat migratsiyasi dastur”ni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi. Kelgusida mintaqada Mehnat mobilligi va ijtimoiy inklyuziya bo‘limi loyihasini amalga  oshirish zarurati yuzasidan fikr alshashildi va bu borada amaliy takliflar ishlab chiqildi.

Mintaqaviy muvofiqlashtirish mexanizmi yig‘ilishida mehnat migratsiyasini boshqarishni takomillashtirish, migrantlar chiqadigan hamda boradigan mamlakatlardagi inson mobilligidan foydalanishga ko‘maklashish maqadida quyidagi yo‘nalishlarda:

birinchidan, loyihada qatnashayotgan mamlakatlar, xususan, Qozog‘iston, Qirg‘iziston Respublikasi, Tojikiston va O‘zbekiston davlatlari hukumatlari va boshqa manfaatdor tomonlarning muammolarni aniqlash, milliy va mintaqaviy darajada mehnat migratsiyasi sohasidagi siyosat va jarayonlarni muntazam moslashtirish va takomillashtirish bo‘yicha muvofiqlashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish;

 ikkinchidan, ushbu yo‘nalishda muntazam muloqot va hamkorlik mexanizmlarini kuchaytirish;

uchinchidan, hukumatlar, davlat va xususiy ishga qabul qilish agentliklari, xususiy sektor va Markaziy Osiyodagi xalqaro tashkilotlar tomonidan har bir loyiha mamlakatlarida bo‘lgani kabi jamoaviy harakatlarni amalga oshirish va muvofiqlashtirish;

to‘rtinchidan,  mehnat bozorining o‘zgaruvchan dinamikasiga moslasha oladigan, ularning xizmatlari va qiymatini yakuniy foydalanuvchilar uchun barqaror yaxshilashga qodir bo‘lgan mehnat migratsiyasini boshqarishning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish maqsadida - ham ish beruvchilar, ham bo‘lajak mehnat migrantlari foydalanishini rag‘batlantirish uchun - manfaatdor tomonlar o‘rtasida muntazam aloqa kanallarini yaratish, muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish, takomillashtirish borasida ish olib borish;

beshinchidan, mintaqadagi chiqish va borish mamlakatlari hukumatlari o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish nuqtai nazaridan migratsiyani boshqarish jarayonlarini soddalashtirish, mehnatga yollash hamda ish bilan ta’minlash jarayonlarida ishchilarni himoya qilish tizimini rivojlantirish borasida o‘zaro hamkorlik qilishga kelishib olindi.

Shu asosda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan:

  • o‘zbekistonlik mehnat migrantlarining huquqlarini, qonuniy ishga yollanishiga qadar va undan keyin ularni huquqiy himoya qilish kafolatlarini kuchaytirishning huquqiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
  • ushbu yo‘nalishda davlat va xususiy ishga qabul qilish agentliklari xodimlarini o‘qitish bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil qilish;
  • migrantlarning huquqlariga doir tadqiqotlarni amalga oshirish bo‘yicha, jumladan, Migratsiya bo‘yicha xalqaro tashkilot dasturlari doirasida, hamkorlikdagi loyihalarni rivojlantirish ishlarini amalga oshirish taklif qilindi.

 

Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati

UzDaily.uz

Darakchi.uz

Powered by GSpeech