Nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini takomillashtirishga qaratilgan muhim hujjat qabul qilindi

2022 yilning 19 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qo‘shma qarori bilan 2023-2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasida Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyani amalga oshirish bo‘yicha Milliy harakatlar rejasi tasdiqlandi.

Mazkur hujjat 2021 yil 7 iyunda O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya qoidalarini O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligiga implementatsiya qilish maqsadida ishlab chiqilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson huquqlari bo‘yicha kengashining 2021 yil 22 fevralda bo‘lib o‘tgan 46-sessiyasidagi nutqida Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyani ratifikatsiya qilish tashabbusi ilgari surilgan.

Milliy harakatlar rejasini ishlab chiqish uchun Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan vazirlik, idora va tashkilot mutaxassislaridan iborat ishchi guruh shakllantirildi.

Milliy harakatlar rejasining loyihasi ishchi guruh a’zolari hamda xalqaro tashkilotlar ekspertlari tomonidan berilgan takliflar asosida ishlab chiqildi. Shuni alohida qayd etish lozimki, mazkur hujjatni ishlab chiqishda nogironlik masalasida faoliyat olib boruvchi tashkilotlar o‘z takliflari bilan faol ishtirok etdi.

Milliy harakatlar rejasi jami 43 chora-tadbirni o‘z ichiga olgan bo‘lib, ushbu tadbirlarni 2023-2025 yillarda amalga oshirish rejalashtirilgan.

 

Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati

Powered by GSpeech