“Meta Platforms” AQSHning 48 shtati va yana bir necha hududdan “Facebook” va “Instagram” tarmog‘iga qarshi qo‘zg‘atilgan da’volarni hal qilish uchun 18 milliard dollar to‘lashga rozi. Ushbu platformalar bolalar va o‘smirlar orasida ijtimoiy tarmoqqa qaramlikni kuchaytiruvchi mexanizm yaratishda ayblangan.
Kelishuvning bir qismi sifatida “Meta” keyingi 10 yil davomida o‘smirlarning tarmoqdan foydalanishini kuniga ikki soat etib belgilaydi va ota-ona roziligisiz yarim tundan ertalab soat 6:00 gacha kirishni cheklaydi. Shuningdek, voyaga yetmaganlar yoshiga ko‘ra cheklangan axborotga kirishini cheklash chorasi ham kuchaytiriladi.
Ushbu voqea bolalarni ijtimoiy tarmoq salbiy ta’siridan himoya qilish yo‘lidagi dadil qadam sifatida baholanmoqda.
“Meta” va boshqa platformalarga qarshi yoshlarning ruhiy salomatligiga zarar yetkazish bilan bog‘liq yuzlab sud jarayoni esa hamon davom etyapti.
S.Rahimov, O‘zA
