O‘ZBEKISTONNING MADANIY MEROSI – YANGI RENESSANS POYDEVORI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti  tashabbusi bilan YuNESKO hamkorligida 14-15 sentyabr kunlari Xiva shahrida o‘tkazilgan "Markaziy Osiyo jahon sivslizatsiyalari chorrahasi" xalqaro madaniyat forumi doirasida O‘zbekiston madaniy merosini asrash, o‘rganish va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyatining aynan shu mavzuga bag‘ishlangan V Kongressi bo‘lib o‘tdi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari akademik Akmal SAIDOV bilan mazkur kongressning ahamiyati haqida suhbatlashdik.

 

— Akmal Xolmatovich, keyingi vaqtda o‘zbekistonlik hamda xorijiy ekspertlar Yangi O‘zbekiston haqida o‘z fikrlarini bildirishmoqda. Bu tushuncha “Uchinchi Renessans” iborasi bilan uyg‘unlashib ketmoqda. Shular haqida batafsil ma’lumot berib o‘tsangiz.

— Ushbu savolning javobi mamlakatimiz Prezidentining “Yangi O‘zbekiston strategiyasi" nomli kitobida keng yoritib berilgan. Bu kitobda Yangi O‘zbekiston poydevorini qurish tamoyillari va “Uchinchi Renessans” hamda milliy rivojlanish istiqbollari haqida so‘z boradi.

Ta’kidlash kerakki, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojpantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi vazifalarini izchil amalga oshirish natijasida Yangi O‘zbekistonning jadal qurilishi va yangi Uyg‘onish davri poydevorining shakllanishi natijasida Uchinchi Renessans qayd etilgan.

Respublika rahbari Yangi O‘zbekiston biz uchun qanday davlat ekanligini ta’kidlaydi:

birinchidan, uning asosiy maqsadi ko‘p millatli xalqimizning erkin va farovon hayotini ta’minlashdir. Bu inson omili qadrlanuvchi ochiq fuqarolik jamiyati va fuqarolar haqida qayg‘uradigan xalqparvar davlatdir;

ikkinchidan, demokratiya, erkinlik, inson huquqlari sohasidagi xalqaro tan olingan me’yorlarga mos va xos tarzda rivojlanayotgan, xalqaro hamjamiyatlar bilan o‘zaro do‘stlik va hamkorlik rishtalariga tayanadigan davlatdir.

Mamlakat rahbari ta’kidlaganidek, “Uchinchi Uy-g‘onish davri”ni yaratish g‘oyasi favqulodda kelib chiqqan emas.

Hozirgi O‘zbekiston hududi qadimgi davrda va O‘rta asrlarda ikkita renessans davriga beshik bo‘lgan.

♦ IX-XII asrlardagi Birinchi yangilanish davri O‘zbekiston Prezidenti tomonidan “ma’rifatparvar” davr deb e’tirof etildi. Taniqli shveysar sharqshunosi, arabnavis Adam Mes tomonidan bu davr “Musulmon Renessansi” davri deya qayd etilgan.

Aynan shu davrda Sharqda dong taratgan Ma’mun akademiyasida tahsil olgan buyuk olimlar, qomusiy bilimga ega alloma-yu faylasuflar yashab o‘tgan.

O‘sha davrda Muhammad Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Bakr Roziy, Abu Rayhon Beruniy, Ahmad Farg‘oniy aniq fanlarning rivojlanishiga ulkan va bebaho hissa qo‘shdilar. Imom Buxoriy, Hakim Termiziy, Burhoniddin Marg‘inoniy, Abu Mansur Moturidiy, Abu Bakr ash-Shoshiy, Mahmud Zamaxshariy va boshqa ajdodlarimiz dunyosida tan olingan buyuk asarlar inson tafakkuri xazinasini nihoyatda boyitdi, islom qonunchiligini sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tardi.

♦ XIV-XV asrlardagi Ikkinchi Uyg‘onish davri –Temuriylar davrida Amir Temur yaratgan va 27 davlatni birlashgirgan buyuk saltanatning o‘rni va ahamiyati beqiyosdir. Bu davrda Amir Temur dunyoning turli mintaqalaridan kelgan olimlar, yozuvchilar, me’morlar va hunarmandlarni Samarqandda to‘pladi va fan, ta’lim hamda turli kasblar rivojini rag‘batlantirdi.

Uning nabirasi, buyuk matematik, astronom, ma’rifatparvar shoir va qomusiy olim Mirzo Ulug‘bek eng muhim rasadxonalardan biriga asos solgan, boy kutubxona qurdirgan va Samarqandda olimlar maktabini tashkil etgan. Yaqinda biz Ulug‘bek madrasasining 600 yilligini keng nishonladik.

Uning butun hayoti davomida yaratgan mashhur asari – yulduzlar solnomasi “Ziji Ulug‘bek” (“Ziji-Ko‘ragoniy") butun insoniyat uchun kerakli asarga aylandi. U mamlakatdagi oliy ta’lim tizimini rivojlantirish haqida qayg‘urdi, odamlarni ilmga chorladi, payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.)ning “Ilmga intilish har bir musulmon va muslimaning burchidir”, degan mashhur hadisini izchillik bilan hayotga tatbiq qildi. Uning tashabbusi bilan madrasalarda matematika, astronomiya, fizika, kimyo, geodeziya, farmakologiya, tibbiyot, tarix, falsafa, adabiyot kabi ijgimoiy, gumanitar, aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish yo‘lga qo‘yildi.

Alisher Navoiy, Ali Qushchi, Salohiddin Muso Ibn Mahmud (Qozizoda) Rumiy, Muiniddin, Mansur Koshiy, Muhammad Birjandiy, Kamoliddin Behzod, Mirim Chalabiy kabi olim-u allomalar merosi nafaqat mintaqamiz ma’naviy taraqqiyotida, balki jahon sivilizatsiyasi tarixida ham muhim rol o‘ynagan.

Sharqning har ikkala Uyg‘onish davri ham buyuk ajdodlarimizning ilm-fan, ma’rifat, diniy bag‘rikenglik va insonparvarlik haqidagi olijanob g‘oyalari bilan sug‘orilgan, umuman insoniyat tarixida noyob hodisa deya e’tirof etilgan.

Bu haqida so‘z ketganda, qadimgi yunonlar hamda nemis faylasufi Georg Vilgelm Fridrix Gegel “Sharqdan taralgan  yorug‘lik" degan iborani qo‘llashgan. Sa’diy Sheroziy: “Butun insoniyat bir butun yaxlitlikni tashkil qiladi. Kimki birovga teginsa, u meni ham turtgan bo‘ladi. Kimki kimnidir xafa qilsa, meni ham xafa qiladi” deya ta’kidlagan. Ingliz shoiri Jon Donn esa shunday yozadi: “Hech kim orolga o‘xshamaydi, har bir kishi qit’aning bir qismidir”.

Shunday qilib, Sharq Uyg‘onish davrining yutuqlari G‘arbiy Yevropaning alohida madaniy va intellektual rivojlanish davriga, xususan, XIV-XVI asrlardagi Italiya Uyg‘onish davriga bevosita ta’sir ko‘rsatdi. Bu, ayniqsa, chegaradosh mamlakatlar: Kordova (Ispaniya), Kavkaz, Bolqon yarim oroli uchun ayni muddao bo‘ldi.

Yevropaliklar Sharq olimlarining asarlarini lotin, ispan, ivrit yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri arab tiliga tarjima qilish orqali o‘rganishgan. Va bu asarlar bizning davrimieda, O‘zbekiston Mustaqilligi yillarida yanada chuqurroq ma’noga ega bo‘ldi.

Sharqning ikki Uyg‘onish davridagi bu ulkan yutuqlari “O‘zbekiston madaniy merosi dunyo to‘plamlarida” turkumidagi 50 ta yangi kitobda, videolavhalarda, taqdimotlarda aks ettirilgan. YuNESKO tomonidan nashr etilgan 6 jildli “Markaziy Osiyo tamaddunlari tarixi” kitobi hududimizning boy tamaddunlari tarixini o‘rganishga bag‘ishlangan. Uni tayyorlashda o‘zbek olimlari ishtirok etgan. Prezidentimiz mazkur kitobni o‘zbek tiliga tarjima qilish tashabbusini ilgari surdi.

Bugun biz Uchinchi Uyg‘onish davri arafasida turibmiz. Agar O‘zbekiston Prezidenti tomonidan so‘nggi yillarda imzolangan ta’lim, ilm-fan, ma’rifat va ma’naviyatni rivojlantirishga oid qonunlar, farmonlar va qarorlarni, davlat dasturlari, ilgari surilgan yangi tashabbuslarning mohiyatini chuqur o‘rgansak, Uyg‘onish davrining keyingi markazi aynan O‘zbekiston bo‘lishiga hech kim shubha qilmaydi.

— O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati haqida batafsil ma’lumot bera olasizmi?

— O‘zbekiston Prezidentining o‘zbek xalqining boy madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirishga qaratilgan tashabbuslaridan kelib chiqib, 2017 yildan buyon qator davlat, jamoat va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda muntazam ravishda xalqaro kongresslar o‘tkazib kelinmoqda.

Yuqorida aytib o‘tilganidek, aynan fan, ta’lim va madaniyat mamlakatning Uyg‘onish davriga, jamiyat ma’naviyatini yuksaltirishda, xalqimiz, ayniqsa, yosh avlod ongida vatanparvarlik tuyg‘usini tarbiyalashda asos bo‘lishi mumkin.

Davlat rahbari ta’kidlaganidek, bugungi kunda ta’limga, ma’naviy, axloqiy tamoyillarga e’tibor qaratish, yoshlarda bilimga intilish, o‘z-o‘zini takomillashtirish zarurligini singdirish har qachongidan ham muhim. Xalqlar farovonligining kaliti bu ma’rifat va ta’limdir. Aynan ular odamlarni yaxshilikka, bag‘rikenglikka va xayrli ishlarga undaydi. Bu yondashuv davr talabidir.

Xususan, bular Parijda ro‘yxatdan o‘tgan Butunjahon jamiyati o‘z oldiga qo‘ygan vazifalar bo‘lib, uning maqsadlari O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirishga qaratilgan. Hozirda Butunjahon jamiyati o‘z tarkibida dunyoning 40 dan ortiq mamlakatidan, xususan Rossiya, AQSh, Germaniya, Italiya, Vengriya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Turkiya, Yaponiya, Albaniya, Avstriya, Afg‘oniston, Qozog‘iston, Gresiya, Isroil, Hindiston, Iordaniya, Eron, Xitoy, Livan, Mo‘g‘uliston, BAA, Niderlandiya, Ukraina, Polsha, O‘zbekiston va boshqa davlatlardan 350 dan ortiq olimlar, ekspertlar va yuqori malakali tadqiqotchilar, tarixchilar, sharqshunoslar hamda qur’onshunoslarni birlashtiradi.

O‘tgan yili Butunjahon jamiyatining 2025 yilgacha bo‘lgan faoliyati yo‘l xaritasi qabul qilindi. Uning doirasida O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish, O‘zbekiston hududida yaratilgan yoki Vatanimiz bilan bevosita aloqador bo‘lgan, lekin taqdirning irodasi bilan xorijiy davlatlar hududida, chet ellardagi muzeylarda, kutubxonalarda yoki shaxsiy kolleksiyalarda saqlanayotgan madaniy merosimiz to‘g‘risida ma’lumot to‘plash bo‘yicha beqiyos ishlar olib borilmoqda.

Shu munosabat bilan, men Butunjahon jamiyati a’zolariga bu borada O‘zbekistonda va chet ellarda olib borilayotgan tadqiqotlar, turli ilmiy ekspeditsiyalar va konferensiyalar, taqdimtlar, tashkillashtirilayotgan media-tadbirlar, media-mahsulotlar, nashr qilinayotgan kitob va albomlar uchun minnatdorlik bildiraman.

  • Butunjahon jamiyatining 2021 yildagi faoliyati qanday ahamiyat kasb etdi?
  • Qayd egish kerakki, Butunjahon jamiyati tomonidan tashkillashtirilayotgan tadbirlar hamda kongresslar jarayonida ko‘rilayotgan masalalar doirasi yildan-yilga kengayib bormoqda.

Diyorimizda O‘zbekiston madaniy merosi haftaliklarini tashkil etish an’anaga aylandi. Joriy yilga haftalik quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ldi.

Birinchi xususiyat – madaniy meros haftaligi mamlakatimizning uch hududi — Toshkent, Xiva va Nukusda o‘tkazildi.

Iiikinchi xususiyat – V Kongressdan tashqari quyidagilar ham tashkil etildi:

Birinchidan, “Markaziy Osiyo jahon sivilizatsiyalari chorrahasida” nomli Xalqaro madaniy forum bo‘lib o‘tdi.

Ushbu forumni 2021 yil 15-16 sentyabr kunlari Xiva shahrida YuNESKO xalqaro tashkiloti bilan birgalikda o‘tkazish tashabbusi O‘zbekiston Prezidenti tomonidan BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida ilgari surilgan. Davlatimiz rahbarining bu tashabbusi YuNESKO xalqaro tashkiloti bosh direktori Odri Azule tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

Ikkinchidan, mamlakatimizda noyob san’at durdonalarining taqdimotiga bag‘ishlangan 10 ga yaqin ko‘rgazma tashkil etildi, xususan:

“Kamoliddin Behzod miniatyuralari” fotoko‘rgazmasi;

J.Usmonovning “Alisher Navoiy she’riyatiga asoslangan tafakkur metafizikasi” nomli rassomlik san’ati va multimedia loyihasi ko‘rgazmasi;

O‘rta Osiyo madaniyati tadqiqotchisi, arxeolog L.Barshevskiyning “O‘zbekistonning 100 mashhur qo‘lyozmasi” mavzusidagi ko‘rgazmasi;

“Zamonaviy ilm-fanda 3D texnologiyalar" ko‘rgazmasi shular jumlasiga kiradi.

Uchinchidan, “O‘zbekiston madaniy merosi dunyo to‘plamlarida” jamlanmasiga oid o‘zbek san’ati durdonalariga bag‘ishlangan 50 ta noyob kitob-albom jahon va mamlakat to‘plamlarida taqdim etildi.

Shuningdek, 50 ta kitob-albom to‘plamini diyorimizdagi muzeylar, galereyalar, ta’lim muassasalari, xorijiy mamlakatlarning O‘zbekistondagi elchixonalari va konsulliklariga topshirish marosimi o‘tkazildi.

To‘rtinchidan, Nukus baxshilik maktabida “Baxshilik san’atining jahon madaniyati tamadduni (sivilizatsiyasi)da tutgan o‘rni” xalqaro ilmiy-nazariy koferensiyasi, shuningdek, Nukus shahrida “Baxshilik san’ati” xalqaro festivali o‘tkazildi.

Beshinchidan, Nukusda YuNESKO shafeligida “Arxeologiya va turizm: salohiyatni aniqlash va merosni boshqarish” xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Uchinchi xususiyat — V Xalqaro kongress ishtirokchilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga murojaat qabul qildi. Unda, xususan, quyidagilar qayd etilgan:

Birinchidan, O‘zbekiston Prezidenti e’lon qilgan — O‘zbekistonda Uchinchi Uyg‘onish davri (Renessans) rivoji uchun sharoit yaratishga qaratilgan milliy g‘oya, avvalo, puxta o‘ylangan madaniy siyosatga asoslangani chuqur hurmatga sazovor. Milliy madaniyat sohasidagi tizimli islohotlar tufayli O‘zbekistonda qadimiy yodgorliklarni keng miqyosda tiklash va o‘rganish ishlari olib borilmoqda, ilmiy va ma’rifiy ishlar yangicha kuchlar ta’sirida taraqqiy etmoqda, xalq ijodiyoti davlat darajasida qo‘llab-quvvatlanmoqda, nomoddiy merosni asrab-avaylash ishlari amalga oshirilmoqda.

Ikkinchidan, O‘zbekistonning ushbu merosni asrab-avaylashga qaratilgan siyosati e’tirofga sazovor. So‘nggi yillarda u keskin o‘zgarishlarga duch keldi, bu esa chinakamiga ulkan va qudratli harakatlarni talab qildi. Davlatimiz rahbarining ajdodlar tajribasini saqlab qolish va takomillashtirish, ularning yutuq va muvaffaqiyatlariga va ehgiyotkor munosabatda bo‘lish borasidagi sa’y-harakatlari hammamiz uchun namunadir.

Uchinchidan, har yili O‘zbekiston Prezidenti ilmiy kuchlarni birlashtirishga qaratilgan noyob tashabbuslarni ilgari suradi. 2021 yilda bu g‘oya Toshkent, Xiva va Nukusda bo‘lib o‘tgan “O‘zbekiston madaniy merosi — Yangi Renessans asosi” Butunjahon jamiyatining V Kongressi hamda “Markaziy Osiyo jahon tamadduni (sivilizatsiyalari) chorrahasida”  xalqaro forumini birlashtirgan madaniy meros haftaligini o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘ldi.

To‘rtinchidan, Yevropa, Osiyo va Amerikaning turli mamlakatlaridan kelgan ekspertlar Prezidentimizning bu boradagi noyob tashabbuslarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyor. O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish sohasida ish olib borayotgan kongressning har bir ishtirokchisi O‘zbekiston hududida qadim zamonlardan, xususan, bronza asridan buyon rivojlanib kelayotgan boy madaniyati borligining guvohi bo‘ladi. Bu — mamlakatimizning eng boy ma’naviy va moddiy merosi hisoblanib, jahon tamadduni uchun abadiy qadriyat hisoblanadi.

Beshinchidan, forum merosni tobora o‘rganish va asrash jarayonini zamonaviy darajaga olib chiqadigan yangi g‘oya va maqsadlarga turtki berdi. Butunjahon jamiyati O‘zbekiston tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga chin dildan intiladi.

  • Xalqaro anjuman uchun nega aynan Xiva tanlandi?
  • Bunga kamida 3 sabab ko‘rsatishimiz mum

BIRINCHI SABAB: Xiva — Buyuk Ipak yo‘lidagi eng qadimiy shaharlaridan biri bo‘lib, ta’lim, fan va madaniyat markazi hamda ming yillar davomida dunyo tamadduni beshigi hisoblangan.

 IKKINCHI SABAB: Xivaning Ichan qal’a shahri 1990 yilda YuNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan.

UCHINCHI SABAB:  Xalqaro Turkiy tilli davlatlar tashkiloti – TURKSOY Xiva shahrini turk dunyosining madaniy poytaxti, deb e’lon qilgan.

Umuman olganda, Butunjahon kongressi ishtirokchilari, ularning tajribasi, kuchi va O‘zbekistonning madaniy tiklanishiga yordam berishga bo‘lgan ishtiyoqi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarga, Yangi Renessansning yaratilishiga, xalqning baxtli va farovon yashashiga hissa qo‘shishiga umid qiladilar.

 

Yuliya SARIMSOQOVA suhbatlashdi

Manba: "Darakchi" gazetasi

Powered by GSpeech