Bu fikrlar 2021 yil 11 dekabrda Toshkentda o‘z ishini davom ettirgan “Inson huquqlari sohasidagi ta’lim: xalqaro tajriba va milliy amaliyot” mavzusidagi xalqaro konferensiyada yangradi.
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu nufuzli anjuman BMT Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Boshqarmasining Markaziy Osiyodagi Mintaqaviy vakolatxonasi, YeXHTning O‘zbekistondagi Loyihalari muvofiqlashtiruvchisi hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bilan hamkorlikda o‘tkazildi.
Oflayn va onlayn shakldagi muloqotlarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov, BMT Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Boshqarmasining Markaziy Osiyodagi Mintaqaviy vakolatxonasi rahbari Rishard Komenda, YeXHTning O‘zbekistondagi Loyihalari muvofiqlashtiruvchisi elchi Per fon Arks, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari Svetlana Ortiqova boshlab berdi.
Xalqaro anjumanda Inson huquqlari sohasidagi Milliy ta’lim dasturi loyihasi taqdim etildi. Inson huquqlari sohasidagi ta’lim istiqbollari ko‘rib chiqildi. Inson huquqlari sohasidagi ta’lim konsorsiumini yaratish bo‘yicha milliy amaliyot va bu boradagi xorijiy tajriba atroflicha tahlil qilindi.
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, Bosh prokuratura Akademiyasi, Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti rahbarlari hamda professor-o‘qituvchilari
so‘zga chiqdi. Ayniqsa, Qozon universitetining yuridik fakulteti, «Inson huquqlarini xalqaro himoya qilish» magistrlik dasturini amalga oshiruvchi Rossiya Federatsiyasi universitetlari konsorsiumi a’zolari hamda Raul Vallenberg nomidagi Inson huquqlari va gumanitar huquq institutining Yevropa idorasi direktori (RWI) bildirgan fikrlar anjuman ishtirokchilarida qiziqish uyg‘otdi.
So‘ngra xalqaro konferensiya ishi «Yoshlarning inson huquqlari masalalari bo‘yicha xabardorligini oshirish», «Inson huquqlari sohasida pedagog kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash» hamda «Fuqarolik jamiyati institutlarining inson huquqlari bo‘yicha ta’lim sohasidagi faolligini oshirish» mavzusidagi uchta kichik sessiyada davom etdi.
Muhokamalarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi, O‘zbekiston Nogironlar assotsiatsiyasi, Fuqarolik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash markazi mutaxassislari, shuningdek xalqaro hamkorlardan – BMT Inson huquqlari bo‘yicha oliy kommisari Boshqarmasi, Parlamentlararo Ittifoq, Buyuk Britaniya Jamoatchilik palatasi ekspertlari faol qatnashdi.
Xalqaro anjuman ishtirokchilari bildirgan fikr-mulohazalar negizida inson huquqlari masalalari bo‘yicha yoshlar xabardorligini oshirish bo‘yicha yondashuvlarni mukammallashtirish, inson huquqlari va ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash sohasida pedagog kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, inson huquqlari sohasidagi ta’lim bo‘yicha fuqarolik jamiyati institutlarining faolligini oshirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqildi.
Konferensiya doirasida “Rejadan amaliy ishga o‘tish bosqichlari” nomli inson huquqlari bo‘yicha trening metodologiyasiga oid qo‘llanma taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Yangi nashr BMT Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Boshqarmasining Markaziy Osiyodagi Mintaqaviy vakolatxonasi tomonidan o‘zbek va rus tilida chop etilgan.
Bundan tashqari, «Raqamli avlod. COVID-19 pandemiyasi davrida inson huquqlari bo‘yicha ta’lim» mavzusida yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan Respublika ko‘rik-tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi ham o‘tkazildi.
Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
- Qo'shildi: 11.12.2021
- Ko'rishlar: 2889
- Chop etish