ULUG‘VOR VA OLIJANOB MAQSADLAR FIDOYILIK, MAS’ULIYAT VA EL ROZILIGI BILAN AMALGA OSHADI

— Yangi O`zbekiston taraqqiyot strategiyasi mamlakatimizni yaqin yillarda taraqqiy ettirish, Uchinchi Renessans poydevorini mustahkam barpo etishga zamin yaratadigan muhim dasturilamaldir. Shu bois, ushbu hujjat nafaqat mamlakatimizda, balki xalqaro miqyosda ham katta qiziqish va diqqat bilan o‘rganildi, o‘rganilmoqda.

Fikrimizga isbot sifatida bir-ikki misol keltirib o‘tmoqchiman. Masalan, Parlamentlararo Ittifoq bosh kotibi Marting Chungong O‘zbekiston Prezidentining milliy parlamentlar rolini oshirish va O‘zbekistonda Jahon mamlakatlari parlamentlari ayol spikerlari sammitini o‘tkazish borasidagi taklifiga yuqori baho berdi. Bundan tashqari, yoshlar parlamentlari rolini kuchaytirish va parlamentda, mahalliy kengashlarda xotin-qizlar o‘rnini ko‘paytirib borishdagi siyosatini jahon miqyosida o‘rnak olishga arzigulik muhim tashabbus sifatida e’tirof etdi.

 Jeneva diplomatik korpusi doirasi prezidenti Rober Blumning fikri ham nihoyatda ahamiyatli. Uning aytishicha, Prezident Shavkat Mirziyoevning xususiy mulkni, tadbirkorlar huquqini himoya qilish, xususiy sektorni rivojlantirish borasidagi g‘oyalari, tashabbuslari,

avvalo, fuqarolarimiz farovonligini oshirish, iqtisodiyotni rivojlantirishga zamin yaratmoqda.

“Diva International” jurnali bosh muharririning aytishicha, O‘zbekiston Prezidenti haqiqiy demokrat sifatida inson qadrini yuksaltirishni jamiyatdagi ustuvor vazifaga aylantirdi. Inson qadrini yuksaltirish — inson huquqini himoyalash, manfaatlarini ta’minlash degani.

Akmal SAIDOV,

Oliy  Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari

Powered by GSpeech