Yangi O‘zbekiston – xorijliklar nigohida

«Islohotlar nafaqat barqaror iqtisodiy o‘sish nuqtai nazaridan ijobiy ta’sir ko‘rsatdi, balki turli tarmoqlarni modernizatsiya qilishga ham turtki bo‘ldi» - Oliver Besht

Fransiya Savdo vaziri-delegati, O‘zbekiston-Fransiya ishbilarmonlar kengashi raisi Oliver Besht O‘zbekiston-Fransiya biznes-forumining ochilishida so‘zlagan nutqida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni yuksak baholadi.

– Bugun O‘zbekiston puxta o‘ylangan rivojlanish strategiyasi bilan mashhur bo‘lib, uning samaradorligi turli soha va tarmoqlardagi kompaniyalar e’tiborini tortmoqda. Aytishim kerakki, bu yerda imkoniyatlardan ko‘ra ko‘proq – so‘nggi yillarda amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar iqtisodiyotni dunyoga ochish va uni xorijiy investorlar uchun yanada jozibador qilish imkonini berdi. Bu islohotlar iqtisodiyotning barqaror o‘sish sur’atlarini ta’minlashda nafaqat ijobiy samara berdi, balki sanoatning turli tarmoqlarini modernizatsiya qilishga ham turtki bo‘ldi.

Boshqacha aytganda, O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning mavjud salohiyati ikki mamlakat aholisi manfaatlaridan kelib chiqqan holda iqtisodiyotning barcha muhim tarmoqlarini qamrab olishi mumkin.

Bizning maqsadimiz – sa’y-harakatlarni birlashtirish va yangi loyihalar yaratish, biznesni yanada rivojlantirish masalasiga konstruktiv yechim topishga qaratilgan muloqotni rag‘batlantirishdir” – Oliver Besht

Rasmiy xabarlar

 

Powered by GSpeech