Bugun Buxoroda Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda parlamentlararo global hamkorlik masalalariga bag'ishlangan xalqaro forum o'z ishini boshlaydi.
Buxoro xalqaro aeroportida xalqaro forumda qatnashish uchun O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboeva hamda Parlamentlararo ittifoq Bosh kotibi Martin Chungong kutib olindi.
Martabali mehmonlarni O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zosi, Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov kutib oldi.
Zarif Komilov, Tohir Istatov (surat), O'zA
- Qo'shildi: 23.06.2021
- Ko'rishlar: 3771
- Chop etish