Ehtiyojlarni baholash missiyasi mutaxassislari bilan uchrashuv

2021 yil 25 may kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o'rinbosari A. Saidov bilan YEXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo'yicha byurosi (DIIHB) saylovlar bo'yicha katta maslahatchisi A. Gromov boshchiligidagi Ehtiyojlarni baholash missiyasi ekspertlari uchrashdi.

Muloqot avvalida mehmonlarga Qonunchilik palatasining faoliyati hamda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va YEXHT/DIIHB o'rtasidagi samarali hamkorlikning muhim jihatlari haqida batafsil ma'lumot berildi.

A.Gromov taqdim etilgan ma'lumotlar uchun minnatdorlik bildirib, tashrifdan ko'zlangan asosiy maqsad kutilayotgan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga bo'lgan ehtiyojlarni aniqlash va ushbu jarayonni takomillashtirish bo'yicha takliflar ishlab chiqish ekanligini ta'kidladi.

Muloqotda A.Gromov O'zbekiston Saylov kodeksini ishlab chiqishda YEXHT/DIIHB va Venetsiya komissiyasining tavsiya va takliflari qabul qilingani, O'zbekiston saylov qonunchiligini takomillashtirish bo'yicha muhim qadamlar tashlanayotgani ta'kidladi.

Uchrashuv davomida jamoat tashkilotlari vakillariga saylovlarni kuzatish huquqini berish, sudlarning shikoyatlarni ko'rib chiqishi to'g'risidagi Kodeks qoidalari, fuqarolarning shikoyatlarini ko'rilishida sud hokimiyatining roli, saylov komissiyalari qarorlarini sudlar tomonidan ko'rib chiqilishi muhokama qilindi. Shu bilan birga, O'zbekiston tomoni ekspertlarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berdi.

Tadbir yakunida tomonlar uchrashuvdan mamnun ekanligini bildirib, samarali va konstruktiv hamkorlikni yanada rivojlantirishga kelishib olishdi.

Manba: parliament.gov.uz

Powered by GSpeech