Endilikda o‘quvchining dual ta’lim shaklida tahsil olgan davri uning umumiy mehnat stajini hisoblashda inobatga olinadi
Prezidentning PQ–316-son qaroriga ko‘ra, 2026/2027 o‘quv yilidan boshlab dual ta’lim shaklida tahsil olayotgan o‘quvchilarning o‘qish davri ularning umumiy mehnat stajiga kiritiladi.
Shuningdek, dual ta’lim tizimida o‘qiyotgan o‘quvchilarga maxsus platforma orqali har oylik stipendiya to‘lash yo‘lga qo‘yiladi.
Bunda har oylik stipendiya bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida belgilanadi. Stipendiya Kasbiy ta’lim agentligi tomonidan texnikumlarga ajratiladi. Agar o‘quvchining kasbiy ko‘nikmalari yoki intizomi qoniqarsiz deb baholansa, stipendiya to‘lovlari to‘xtatiladi.
Dual ta’limdagi o‘quvchilarga to‘lanadigan stipendiya bilan bog‘liq xarajatlar ularning amaliyot o‘tash uchun ajratilgan mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
Shuningdek, qarorga muvofiq, davlat xaridlarida texnikumlar ishlab chiqargan mahsulot (tovar, ish, xizmat)larga 15 foizlik preferensiya beriladi.
Davlat organlari va tashkilotlariga texnikumlarni jalb etgan holda quyidagi faoliyat yo‘nalishlarini autsorsing asosida tashkil etish huquqi beriladi:
– kompyuter texnikalari, isitish, sovutish va elektr energiyasi tizimlari, shunindek, avtotransport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish;
– ommaviy axborot vositalarida targ‘ibot ishlarini amalga oshirish;
– Kasbiy ta’lim agentligi bilan kelishilgan boshqa yo‘nalishlar.
O‘zA
Ўзбекча
English
Русский