Joriy yilning 1 dekabr kuni Bosh prokuraturada O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson huquqlari Kengashining Terrorizmga qarshi kurashda inson huquqlarini rag‘batlantirish va himoya qilish masalalari bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Fionulla Ni Aolayn bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida Bosh prokuror N.Yo‘ldoshev tomonidan prokuratura organlarining funksiyasi va vazifalari, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish sohasida amalga oshirilgan ishlari, shuningdek, sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlari haqida ma’lumot berildi.

 Maxsus ma’ruzachi tomonidan O‘zbekistonda sud-huquq sohasida va fuqarolarning huquq va erkinliklari himoyasini ta’minlashda amalga oshirilayotgan islohotlar ijobiy baholandi. Davlat raxbari tomonidan ushbu sohalarda amalga oshirilayotgan tizimli va izchil chora-tadbirlarga yuqori baho berildi.

 Uchrashuv ikki tomonlama konstruktiv muloqot va o‘zaro anglashuv ruhida o‘tdi.

Manba: Bosh prakratura Telegram kanali

Powered by GSpeech