24 aprel kuni Lyuksemburgda “O‘zbekiston – Yevropa Ittifoqi” hamkorlik kengashining 17-majlisi bo‘lib o‘tdi. Yevropa delegatsiyasiga Chexiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri J.Lipavskiy, O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasiga esa Tashqi ishlar vaziri B.Saidov boshchilik qildi.
Mamlakatimiz delegatsiyasi tarkibi Adliya vazirining o‘rinbosari M.Ikromov, Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari O.Hamroev, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktorining birinchi o‘rinbosari M.Tillaboevdan iborat. Majlisda Tashqi ishlar vazirligi va O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqidagi missiyasi vakillari ham qatnashdi.
O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi hamkorlikning siyosiy, savdo-iqtisodiy, moliyaviy-texnikaviy sohalaridagi o‘zaro hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Muhim mintaqaviy va xalqaro mavzular yuzasidan fikr almashildi.
Muloqotda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyati to‘g‘risida so‘z yurtildi. Shuningdek, jamiyatimizni demokratlashtirish, inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni rivojlantirish borasidagi shiddatli o‘zgarishlar samaralari haqida atroflicha ma’lumot berildi.
Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
- Qo'shildi: 27.04.2023
- Ko'rishlar: 4524
- Chop etish