Inson huquqlari sohasida xalqaro hamkorlik: joriy yilning birinchi yarmi natijalari

2023 yilda Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 75 yilligi hamda inson huquqlari sohasidagi Vena deklaratsiyasi va Harakatlar dasturi qabul qilinganligining 30 yilligi xalqaro hamjamiyat tomonidan keng nishonlanadi. Bu sanalarni nishonlash doirasida xalqaro, mintaqaviy va milliy tadbirlar o‘tkazish, inson huquqlari bo‘yicha axborot-ma’rifiy hamda ta’lim-tarbiyaviy ishlarni takomillashtirish, shuningdek, aholi, yoshlar va bolalar uchun darslik, qo‘llanma va boshqa adabiyotlarni tayyorlash muhim hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 12 maydagi farmoni bilan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 75 yilligini keng nishonlash to‘g‘risidagi Tadbirlar dasturi tasdiqlandi. Dastur 30 ta banddan iborat bo‘lib, 1-yarim yillikda ta band bo‘yicha  ishlar to‘liq bajarilgan.

2023 yil 13-15 mart kunlari Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Folker Tyurkning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi amalga oshirildi. BMT Oliy komissari tashrifi davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Senat raisi, Oliy sud raisi, Bosh prokuror, Tashqi ishlar, Ichki ishlar va Adliya vazirliklari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi rahbarlari bilan uchrashdi. Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi rahbariyati, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman), shuningdek, fuqarolik jamiyati faollari, aholi vakillari, talabalar va ommaviy axborot vositalari xodimlari bilan yuzma-yuz muloqot qildi.

BMT Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissarining O‘zbekistonga tashrifi yakunlari yuzasidan tavsiyalarini amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Kengashi va Senat Kengashining 2023 yil 10 iyundagi  Qo‘shma qarori bilan tasdiqlandi.

Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 75 yilligini nishonlash bo‘yicha xalqaro tadbirlarda Milliy    markaz vakillari ishtirok etib kelmoqda. Jumladan, 2023 yil 13-16 iyun kunlari Milliy markaz direktori Pekin shahrida “Tenglik, hamkorlik va taraqqiyot: Inson huquqlari bo‘yicha global boshqaruv hamda Harakatlar dasturi va Vena deklaratsiyasining 30 yilligi” mavzusida bo‘lib o‘tgan inson huquqlari bo‘yicha Global boshqaruv forumida asosiy ma’ruza bilan ishtirok etdi.

2023 yil 21-25 may kunlari Jidda shahrida bo‘lib o‘tgan Islom Hamkorlik Tashkiloti huzuridagi Inson huquqlari bo‘yicha mustaqil doimiy komissiyaning 21-sessiyasida Milliy markaz vakili ma’ruza qildi. Sessiyada “Tadbirkorlik va inson huquqlari: IHT mamlakatlari uchun normativ-huquqiy baza va yo‘riqnomalar” mavzusida muhokamalar bo‘lib o‘tdi.

2023 yil 5-6 iyun kunlari Vena shahrida BMT Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Boshqarmasi va Avstriya hukumati tomonidan tashkil etilgan “Vena butunjahon konferensiyasi 30 yilligi: Bizning huquqlar – bizning kelajak” mavzusidagi yuqori darajadagi Butunjahon konferensiyasida O‘zbekiston vakili ishtirok etdi.

2023 yil 17-19 aprel kunlari Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo va inson huquqlari bo‘yicha maxsus vakillari T.Xakala va I.Gilmor boshchiligidagi delegatsiya rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ldi. Tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti,  Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi rahbariyati, Bosh prokuror, Ichki ishlar va Adliya vazirlari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

Shuningdek, 2023 yil 23-25 aprel kunlari “O‘zbekiston Respublikasi – Yevropa Ittifoqi” Hamkorlik kengashi (Lyuksemburg) hamda 19-21 iyun kunlari “O‘zbekiston – Yevropa Ittifoqi” adliya, ichki ishlar, inson huquqlari va tegishli masalalar bo‘yicha kichik qo‘mitasining (Bryussel) 19-majlisi ishlarida O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida Milliy markaz vakili ishtirok etdi.

Hisobot davrida Milliy markazda 20 ga yaqin xalqaro tashkilot va horijiy davlatlar delegatsiyalari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Jumladan, BMT Qochoqlar ishlari bo‘yicha oliy komissari Boshqarmasining Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi, YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalari muvofiqlashtimruvchisi, AQSh, Germaniya, Yaponiya, Qatar, Mo‘g‘iliston, Tojikiston, Qozog‘iston davlatlari delegatsiyalari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

2023 yil 11-13 may kunlari Milliy markaz direktori Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tgan “XI Peterburg xalqaro yuridik forumi”da asosiy ma’ruzachi sifatida ishtirok etdi. 

Bundan tashqari, Markaz vakillari AQSh, Qozog‘iston, Shimoliy Makedoniyada bo‘lib o‘tgan bir qancha xalqaro konferensiya va davra suhbatlarida ishtirok etdi. AQSh Davlat departamentining “E’tiqod erkinligiga ko‘mak” mavzusidagi o‘quv tashrifi, Qochoqlar to‘g‘risidagi “Global forum-2023” doirasida sub-mintaqaviy tayyorgarlik davra suhbati (Almati shahri), Markaziy Osiyoda fuqarosizlikka barham berish bo‘yicha davra suhbati (Almati shahri), Inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar akademiyasining “Inson huquqlari sohasida konun usturovligi” mavzusida o‘quv seminari (Skope shahri), Yevropa Kengashi va Yevropa Ittifoqining “Markaziy Osiyoda qonun ustuvorligi” qo‘shma dasturi Mintaqaviy boshqaruv qo‘mitasi ikkinchi yig‘ilishi (Astana shahri) shular jumlasidandir.

 

Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xi
zmati

 

Powered by GSpeech