Joriy yil 1 sentyabrdan O‘zbekiston qonunchiligida bir qator o‘zgarishlar ro‘y berdi. Ayollarning mehnat huquqi himoyasi kuchaytirilgani shular jumlasidandir.
Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 22 iyulda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Hunarmandchilik va kasanachilikni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida shu borada tegishli vazifalar belgilangan. Bu o‘rinda qarorning 3-bandi haqida so‘z bormoqda.
Ushbu bandga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi 2023 yil 1 sentyabrdan boshlab ish beruvchilar tomonidan homiladorligi yoki farzandi borligi sababli ayollarni ishga qabul qilishni rad etish, ishdan bo‘shatish va ularning ish haqini kamaytirish kabi holatlar bo‘yicha murojaatlarni qabul qiladigan «Call-markaz»ni ishga tushirishi zarur.
Vazirlikka «Call-markaz» orqali fuqarolardan tushayotgan barcha murojaatlarni umumlashtirish hamda belgilangan tartibda ko‘rib chiqish, ushbu murojaatlar bo‘yicha tashkilotlardan zarur ma’lumotlarni talab qilish, shuningdek, qonunchilik talablarining buzilish holatlari aniqlanganda, belgilangan tartibda ta’sir choralarini qo‘llash vakolati berildi.
Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
- Qo'shildi: 05.09.2023
- Ko'rishlar: 3600
- Chop etish